Yevropa ittifoqi, AQŞ, şuningdek, xalqaro inson huquqlari taşkilotlari Rossiya Qurolli kuçlari bosib olganidan söng Ukraina armiyasi tomonidan ozod qilingan Xarkiv oblastining Izyum şahrida ommaviy qabrlar, jumladan, tinç aholi vakillari jasadlari topilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. «Biz bu vahşiyliklarni keskin qoralaymiz», dedi 16 sentabr, juma kuni Bryusselda Yevropa ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel.
Rossiyaning agressiv uruşi Ukraina hududida «qonli va halokatli iz qoldiryapti», dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari. «Minglab tinç aholi öldirildi, köplari qiynoqqa solinmoqda, quvğin qilinmoqda, jinsiy zöravonlikka uçramoqda, öğirlab ketilmoqda yoki majburan köçirilmoqda. Xalqaro gumanitar huquq va Jyeneva konvensiyalariga mutlaqo e’tibor bermagan Rossiya kuçlarining bu ğayriinsoniy xatti-harakati zudlik bilan töxtatilişi kerak», - dedi YeI oliy vakili.
Rossiyaning siyosiy rahbariyati va Ukrainadagi qonunbuzarliklar uçun barça aybdorlar javobgarlikka tortiladi, deya ma’lum qildi Borrel. Yevropa ittifoqi uşbu maqsadga erişişga qaratilgan barça sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlaydi, deya qöşimça qildi u.
AQŞ ma’muriyati Izyum yaqinida yuzlab yangi noma’lum qabrlar topilganini «dahşatli» deb atadi. «Bu, afsuski, Rossiya kuçlarining Ukraina va ukrain xalqiga qarşi qanday şafqatsizlik bilan uruş olib borayotganiga mos keladi», dedi Oq uy huzuridagi Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi.
Amnesty International (AI)’ning Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça direktori Mari Strazers öz navbatida «mart oyida AI Rossiyaning keng Ukrainaga keng kölamli bosqini törtinçi kunidan beri rus qöşinlarining şafqatsiz hujumlariga uçragan Izyumdagi tinç aholining taqdiri haqida ogohlantirgan edi». «Uşbu yangiliklar bizning eng dahşatli qörquvimizni tasdiqladi», dedi Strazers.
Huquq faollari xalqaro hamjamiyatni Ukrainaga dalil töplaş va zarur tekşiruvlar ötkazişda yordam beriş uçun resurslar ajratişga çaqirdi. «Xalqaro huquqqa muvofiq jinoyat sodir etgan yoki jinoyat sodir etişga buyruq berganlar yodda tutişlari kerakki, bu holatlar böyiça da’vo muddati yöq va adolat ta’minlanadi», - deya xulosa qildi Strazers.
Xarkiv oblastidagi Izyum ustidan nazoratni qayta qölga kiritgaç, Ukraina rasmiylari yaqin atrofdagi örmonda ommaviy kömiş joyidan 440 dan ortiq yangi qabrlar topilganini ma’lum qildi. Ukrainaning bedarak yöqolganlar işi böyiça vakolatli vakili Oleg Kotenko sözlariga köra, qabrlar köplab qurbonlarni dafn qiliş uçun şoşilinç ravişda qazilgan, jumladan, 2022 yilning fevral va mart oylarida Rossiya kuçlari tomonidan şahar kuçli öqqa tutilganidan keyin amalga oşirilgan.













