“Oq nilufarlar yurtida” – fin xalqining uyğoniş tarixidan bir parça
|23:34 / 18.09.202229 8419 min
Fin xalqining uyğonişi qaçon boşlandi, asrlar davomida botqoqlikda yaşagan millat 70-80 yil içida qanday qilib oq nilufarlar mamlakatiga aylandi? Uyğonişni istab alahsirab yotgan boşqa xalqlar ham finlar tutgan yöldan bora oladimi?
“Davlat bu – katta oila. Uning a’zolari sizning birodarlaringizdir. Kambağallarning muvaffaqiyatsizligiga qisman yuqori qatlamning e’tiborsizligi va beparvoligi sabab böladi”. Bu jumla rus yozuvçisi Grigoriy Petrovning “Oq nilufarlar yurtida” kitobidagi qahramon Snelmanga tegişli.
Muallif haqida qisqaça
19 asrning oxiri va 20 asrning boşlarida yaşagan yozuvçi Grigoriy Petrov Yevropa böylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini örganadi. Uning maşhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakaçilikda yaşagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvçi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida özini anglayotgan, hayotini yaxşilaşga urinayotgan finlar bilan suhbatda bölgan. Uzoq yillar Şvetsiya va Rossiyaning qarami bölgan Finlandiya 1917 yilda öz mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda şu davrgaça bölgan hayot haqida söz boradi. Asarda odamlar hayotini yaxşilaşga bel boğlagan qahramonlar va ular tutgan yöllar haqida bayon qilinadi.
16 marta turk tiliga tarjima qilingan
“Oq nilufarlar yurtida” 1923 yilda serb tilida naşr qilingan. Hayotini özgartiriş istagida işonçli yöl qidirayotgan xalqlar uni öz tillariga tarjima qila boşlaşadi. Jumladan, u 14 marta bolgar va 16 marta turk tiliga tarjima qilingan. Kitob öşa paytda Turkiyada harbiy xizmatdagi yoşlar öqiydigan kitoblar tarkibiga ham kiritilgan. Asar juda katta emas, jami 100-110 sahifadan iborat. Va kiçik-kiçik 17 qismga bölingan bölib, ularda Finlandiyani kim, qaysi yönalişda, qanday qilib isloh qilişni boşlagani haqida gapiriladi.
Asarning ingliz, rus va turk tillardagi elektron variantlarini google qidiruv tizimidan topib öqişning imkoni bor. Şuningdek, kitob Niyat Suntonmurodov tarjimonligida özbek tiliga ham tarjima qilingan va bu özbek kitobxonlari uçun foydali bölganini e’tirof etiş kerak. Özbek tilidagi variantda kitob boşlanişida Finlandiyaning tarixi haqidagi ma’lumotlar kitobxonda mamlakat haqida yaxlit tasavvur paydo bölişiga yordam beradi. Bundan taşqari, finlarning bugungi muvaffaqiyatlari, ta’limda tutgan yöli bilan Özbekiston soliştirilgani ham kitobni jonlantirgan. Biroq bu tarjima ayrim ğalizliklardan xoli emas. Şu sabab kitob qayta tarjima qilinib, naşr etilsa, foydadan xoli bölmasdi.
Snelmanning xizmati nimada edi?
Bugun Finlandiyani dunyo e’tirof etişida fin faylasufi, yozuvçi va diplomati Johan Vilhelm Snelmanning örni benihoya katta. Finlandiya rivojlanişi va Snelman sözlari sinonim bölib ketgan. Hatto mamlakatda har yili 12-mayni Snelman kuni deb bayram qilişadi. “Oq nilufarlar yurtida” kitobi ham Snelman hayoti haqida hikoya qiladi. Xöş, Snelmanning xizmati nimada edi?
Mavzuga oid
1806 yil 12 mayda tuğilgan faylasuf hayoti davomida universitetlarda ma’ruzalar qilgan, maktablarda işlagan, Finlandiya parlamentida senator bölgan va moliya vaziri darajasiga kötarilgan. Snelman xalq orasiga mehnat qilişdan qoçmaslik, ta’limni rivojlantiriş va hayotni odamlarga qulay qilib taşkil qiliş haqidagi ma’ruzalari bilan kirib borib, odamlarni öz orqasidan ergaştirgan. Kitobda ham şunga urğu beriladi. Şu örinda Snelmanning yana bir yirik xizmati – 1865 yilda rubl muomalada bölgan öz davlatida milliy fin valutasi – markani joriy qilgani bölgan.
Rossiya bilan qiyoslaniş
Asar boşlarida Finlandiya va Rossiya qiyoslanadi. Mamlakat qanday obod joyga aylangani aytiladi. “Odamlarni bezovta qiladigan dabdababozlik, isrofgarçilik va behuda narsalardan asar ham yöq”, deyiladi Helsinki haqida.
Finlandiya Rossiyaga qaram bölgan vaqtda bosim ostida, xohişsiz va majburan işlagan bölsa, hozir erkin va yaratuvçan iş usullaridan foydalanayotgani aytiladi.
“Finlandiya bir paytlar botqoqlik, köllar va qoyalar bilan qoplangan. Odamlarning uzoq va maşaqqatli mehnati tufayli yerlarda tuproqdan foydalana oladigan maydonlar paydo bölgan”, – deb yozadi kuzatuvlarini muallif.
“Ta’lim bizning asosiy boyligimiz”
Kitobda aytilişiça, maktablarda maxsus öquv rejalari bor: 8-10 orasida 2 soatlik dars, keyin uzoq tanaffus va soat 14-16da takroriy darslar. Şu tarzda öquvçilar havosiz sinflarda uzoq vaqt ötiriş azobidan xalos bölişadi va özlariga vaqt ajratişadi.
Finlandiyalik yoşlarning muşaklari, kökrak qafasi, öpkasi, qöllari va oyoqlari rivojlangan va ularning soğliği ham yaxşi. Çunki ular böş vaqtlarida qişda çanğida uçiş, kuraş, suziş, töp öynaş va yuguriş bilan şuğullanişadi.
“Ta’lim bizning asosiy boyligimiz. Rossiya Ural toğlarining boy mineral konlari, Sibirning oltin zaxiralari bizda yöq. Tabiat bu borada bizga ziqnalik qilgan. Biz bu kamçilikni tirişqoqligimiz bilan qoplaşimiz va xalqimizdan mamlakatimiz taraqqiyotiga maksimal darajada öz hissasini qöşişini söraymiz”, – deydi finlar.
Şvetsiya mustamlakasidan qutuliş
1811 yilgaça Şvetsiya hukmronligi ostida yaşagan finlar, 1808 yilda Rossiya-Şvetsiya uruşidan keyin ruslar qöl ostiga ötgan. Şvetsiya hukmronligi davrida hukumat, savdo, fabrikalar, maktablar, çerkovlar şvedlar qölida bölgan. Yuqori lavozimlarga ham şvedlar tanlangan.
Şvedlar hukmronligi tugagaç mamlakatda şvedlar mavqeyi pasaygan. Şunday vaziyatda ular bu yerni taşlab ketişmagan, aksinça, “Finlandiyani yangi Vatanlari sifatida qabul qilib, madaniy rivojlaniş uçun” özlarini bağişlaganlar.
Bu vaqtda Snelman ham Finlandiya madaniyatini kötarişni istaganlar yölboşçisiga aylangan edi. U yoş öqituvçilar, huquqşunos va davlat xizmatçilari bilan odamlarning bilim va madaniy darajasini kötariş uçun Salib yurişini boşlab yuborgandi.
“… Xalq sizni yaxşi ta’lim olganingizdan söng yuqori maoş oliş, keçqurun karta yoki domino stollarida ötirib, zavqlanişingiz uçun öqitmadi. Ziyolilarning vazifasi – jamiyatning aql-zakovati, vijdoni, irodasi, kuçini uyğotiş va uni safarbar qiliş”, – degan otaşin nutqlari bilan Snelman öziga köp odamlarni ergaştira olgan.
Finlandiyani oyoqqa turğizgan Snelmanlar
Kitobda Snelman ma’rifat tarqatişda jonbozlik körsatgani köp bor tilga olinadi. Uning qişda çana minib, bahor va yozda Finlandiyaning bir burçagidan boşqa burçagiga qayiqda, ba’zan piyoda yurib, odamlarga töğri yölni, ma’rifatni körsatişga uringani aytiladi. U örmonlar va toşli makonlarga borib, odamlar bilan suhbatlaşib, ularga kitoblar tarqatgan, ular bilan doimiy maktublar almaşib turgan, yangiliklardan xabardor qilgan.
U öqituvçilarga qarata şunday nutq qiladi:
“Bu uruş boşida ehtimol bizni qadrlamaydilar yoki maqtamaydilar. Biz fidokorlik qilamiz, hatto qurbonlar ham beramiz… Ular sizga beradigan ma’lumotlar va ilmga bölgan muhabbatni maktablaringizdagi öquvçilaringizga yetkazing”.
Snelman şunday ma’ruzalarni ruhoniylar oldida, kazarmalarda ham öqigan. U armiyalar ahvolini tubdan özgartiradi. Armiyalarni qöpol-qörs, madaniyatsiz odamlar qilib çiqaradigan armiyalarni qayta isloh qiladi. Bu yerda yoşlar harbiy harakatlardan taşqari, bilim oliş, öqiş, madaniyat örganiş imkoniga ega böladilar. Bir söz bilan aytganda u işçilar, dehqonlar va şahar aholisining har tomonlama ziyoli bölişini hayotining asosiy maqsadiga aylantirgan Finlandiyada ta’lim safarbarligining boşida turgan inson bölgan.
Snelman vafotidan keyin ham izdoşlari uning ma’ruzalarini, nutqlarini köpçilikka yoydilar. Mamlakatda asta-sekin snelmanlar köpayib, bugun dunyo xalqlariga namuna bölayotgan Finlandiya paydo böladi.
Asardan iqtiboslar
– Mamlakat har jihatdan kambağal bölsa-da, öz yeriga bölgan sadoqati va sevgisi jihatidan juda boy.
– … Şuni unutmangki, bu odamlar qöpol johil va içkilikka qaram bölsa, kasallik va qaşşoqlik köpaysa, bularning barçasi, siz ziyolilarning aybingiz.
– Bolalarning tarbiyasizligi nafaqat oila, balki jamiyat va davlatning muammosidir. Istaganingizça mukammal qonunlar yarating, adolatli saylovlar qiling, siyosiy mafkuralarning möjizaviy kuçlariga işoning, farzandlaringiz töğri tarbiya körmasa, bizning ijtimoiy hayotimiz ayançli bölib qolaveradi.
– Finlandiyaga har safar borganimda, şimolliklarning boşqalarga sovuqdek tuyulgan, ammo öta mehnatsevar xalqini köproq qadrlay boşladim.
– Xalqimizning katta qismi ibtidoiy, johil va öqimagan bölib qolişiga heç narsa qilmay qarab turiş axloqsizlik va johillikdir. Bilimli va ma’rifatli odamning bu holatlarga befarqligi – qotillikdan farq qilmaydi.