Urushning navbatdagi kunidagi asosiy voqea Ukraina qurolli kuchlari tomonidan Kupyanskning sharqiy qismi ham ozod etilgani bo‘ldi. Bu amaliyot muvaffaqiyati mustahkamlanishi ukrain armiyasiga yurishni Luhansk oblasti chegarasiga qadar davom ettirish imkonini beradi. Xarkiv oblastida oldinroq ozod etilgan hududlarda Rossiya istilosi oqibatlarini tergov qilish jarayoni davom etmoqda. Frontning boshqa uchastkalarida esa tomonlar harbiy harakatlarni davom ettirmoqda.
Quyida 17 sentabr, urushning 206-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kunning asosiy suratlari. Ukraina harbiylari tomonidan ozod etilgan Kupyanskdan ilk suratlar
So‘nggi haftalarda Xarkiv oblasti markazidan 100 kilometrdan ortiq masofada joylashgan Kupyansk shahri uchun janglar olib borildi. 17 sentabr kuni Ukraina qurolli kuchlari nihoyat Kupyanskni ikki qismga ajratib turadigan Oskol daryosi kechib o‘tilgani va sharqiy qirg‘oqda ham mustahkam o‘rnashilgani haqida xabar berdi — Ukraina qo‘shinlarining Xarkiv oblastidagi qarshi hujumidan keyin chekingan rossiyalik harbiylar shu yerda platsdarm o‘rnatishgandi. Endilikda agar ukrain armiyasi ta’minotni yo‘lga qo‘yib, yangi qarshi hujum boshlasa, Luhansk oblasti chegaralarigacha yetib borilishi mumkin.

Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press































