Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Reuters uçun bergan intervyusida Qrim Ukraina nazoratiga diplomatik yöl bilan qaytarilişi ehtimoli haqida gapirdi.

«Şunday bölişi mumkin. Albatta, Ukrainada odamlar bu masalani diplomatik yöl bilan hal etiş variantini köproq qöllab-quvvatlamoqda. [Ammo] bu masalani odamlarning qaysi doirasi muhokama qilişi va bu qaçon bölişini hozir ayta olmayman», — degan u.

Prezident Reuters muxbirining Qrimda Rossiyaning köplab harbiy bazalari joylaşganini inobatga olgan holda, yarimorolni Ukrainaga qaytariş istiqbollari borasidagi savoliga javob qaytargan.

Zelenskiy Ukraina «faqat özining barça yerlarini qaytargaçgina, xotirjam uxlaşi mumkinligi»ni qayd etgan. «Boşqa imkoni yöq, şunçaki boşqa çiqiş yöli yöq, hududlarni ozod etiş kerak», — degan u.

Uruşning ilk haftalarida Ukraina hukumati Qrimga egalik qiliş masalasida Rossiya bilan murosa qilişga tayyor edi, xususan, bu masalani harbiy yöl bilan hal qilişdan 15 yil muddatga tiyilib turiş haqida taklif bölgan. Hozirda Kiyev Rossiya bilan faqatgina RF harbiylari Ukrainaning butun hududini tark etsagina muzokara ötkazişga tayyor.

Avgust oyida ukrain harbiylari Rossiyaning Qrimdagi aviabazalariga zarbalar yölladi. Sentyabr oyi boşida Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy öz maqolasida uruş istiqbollari haqida söz yuritib, 2023 yilda Qrimni ozod etiş böyiça harbiy amaliyot ötkazilişi mumkinligini aytgandi, şu bilan birga, buning uçun Ukrainaga «Ğarbning yetakçi mamlakatlarining işlab çiqariş bazalari va zaxiralari»dan foydalaniş talab etilişini ta’kidlagandi.