15-16 sentabr kunlari Samarqand şahrida bölib ötgan Şanhay hamkorlik taşkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti OAVlarning telegramdagi sahifasida yoritilişi böyiça raqamlar e’lon qilindi. Unga köra, 2022 yil 1 sentabrdan 2022 yil 18 sentabrga qadar 6 ta tilda sammit tadbirlariga doir 51 ming 670 ta post qoldirilgan.

Uşbu postlar dunyo böylab 340 milliondan ortiq telegram foydalanuvçilarini qamrab olgan.
Mamlakatlar böyiça soliştirganda, ŞHT sammiti böyiça eng köp telegram post Özbekiston OAVlari tomonidan qoldirilgan – 26 ming 311 ta post. Jami postlarning qamrovi 144,6 milliondan oşadi.

Keyingi örinda Rossiya telegram kanallari – 18 ming 648 ta post, qamrovi 146,2 milliondan ortiq. Keyingi örinlarda Eron (4300 ta / 40,7 million), Belarus (1546 ta / 5,2 million), Qozoğiston (613 ta / 2,7 million) va Qirğiziston (252 ta / 469 ming) OAVlari telegram kanallarida e’lon qilingan postlar turibdi.
Uşbu mamlakatlar OAVlari orasida 1-18 sentabr holatiga ŞHT Samarqand sammitiga doir eng köp post Kun.uz internet naşri tomonidan qoldirilgan – 41 ta. Postlarning qamrovi böyiça ham naşr mutlaq yetakçi – 14, 9 million martadan oşiq körilgan.

Rossiyada esa eng köp post RIA Novosti agentligining telegram kanalida qoldirilgan – 10 ta. Ularning qamrovi 5,3 milliondan oşadi.
Eron OAVlarining telegram kanallari orasida Khabarfouri birinçi örinda – 28 ta post, 4,7 milliondan ortiq qamrov.













