Buyuk Britaniyada 8 sentabr kuni 97 yoşida vafot etgan Yelizaveta II’ning dafn marosimi bölib ötdi, deb xabar berdi BBC 19 sentabr oqşomida. Qiroliça Vindzor qal’asi hududidagi Avliyo Georg butxonasida, turmuş örtoği yoniga dafn etildi. «Qiroliçaning jasadi bölgan tobut asta-sekin daxmaga tuşirildi. Endi unga faqat oila a’zolari özlarining şaxsiy marosimlarida kirişi mumkin böladi», deb ta’kidlaydi naşr. Yelizaveta II eri şahzoda Filippning yoniga dafn qilindi.  

Londonda salkam ikki hafta oldin 97 yoşida vafot etgan qiroliça Yelizaveta II bilan bir neça kun davom etgan ommaviy vidolaşuv marosimi yakunlandi. 19 sentabr, duşanba kuni ertalab Vestminster zalida sönggi taşrif buyuruvçilar qiroliçaga hurmat bajo keltirişdi. Şundan söng uning tobuti Vestminster abbatligiga olib ketildi, u yerda qirollik oilasi a’zolari, Buyuk Britaniya boş vaziri Liz Trass va undan oldingi bir qança rahbarlar, şuningdek, xorijiy mamlakatlar qirollik oilalari a’zolari, yuzlab yuqori martabali hukumat amaldorlari iştirokida davlat motam marosimi bölib ötdi. Yelizaveta II’ning davlat dafn marosimida jami 2000 dan ortiq kişi iştirok etdi, jumladan Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer va AQŞ prezidenti Jo Bayden. Rasmiy tadbirlarga Rossiya va Belarus rasmiylari taklif qilinmadi. 

York sobiq arxiyepiskopi Jon Sentamu BBC’ga bergan intervyusida qiroliça rasmiy vidolaşuv marosimi «zerikarli bölmasligini» va qalblarga yetib borişini istaganini aytdi. Dafn marosimi yakunida Yelizavetaning xohişiga köra uning şaxsiy volinka çaluvçisi Pol Berns çiqiş qildi. U sobordan tobut olib çiqib ketilayotganda «Sleep, Dearie, Sleep» motam qöşiğini ijro etdi. Marosim yakunida qiroliçaning jasadi bölgan tobut London orqali Vindzorga yetkazildi va keçqurun u yerda dafn etildi. 

Yelizaveta II’ning davlat darajasidagi dafn marosimi Buyuk Britaniyada sobiq boş vazir Uinston Çerçillning 1965 yilda vafotidan keyin birinçi marta ötkazilgan bunday tadbir böldi. Ular qat’iy xavfsizlik çoralari ostida bölib ötdi. Qiroliçaning dafn marosimi kuni Buyuk Britaniyada dam oliş kuni deb e’lon qilindi. Germaniyada ham şu kuni davlat bayroqlarini yarmiga tuşirişga qaror qilindi, bu haqda Germaniya Içki işlar vazirligi rahbari Nensi Fezer tegişli buyruq çiqardi. 
 
Sönggi bir neça kun içida Vestminster saroyiga qiroliça bilan xayrlaşiş uçun kelgan va köp kilometrlik navbatda turişga majbur bölgan yuz minglab odamlar keldi, ba’zi hollarda kutiş vaqti bir kundan oşib ketdi. 18 sentabr kuni keçki paytdan boşlab odamlarga navbatda turişga ruxsat berilmadi.