Ukrain harbiylari qarşi hujumlar davomida Luhansk oblastidagi ilk aholi manzilini ozod qildi. Ukraina qurolli kuçlarining ilğor otryadlari Bilohorivka (Belogorovka) posyolkasiga bir neça kun oldin kirişgan, 19 sentabr kuni esa Luhansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gayday Bilohorivka töliğiça ukrain harbiylari nazoratida ekanini ma’lum qildi. Şu bilan birga Gayday Luhansk oblastini ozod etiş jarayoni tezlik bilan amalga oşmasligidan ogohlantirgan. «Luhansk zaminining har bir santimetri uçun qattiq kuraş böladi», — deya yozgan u telegramda va «işoniş hamda sabrli böliş»ga çaqirgan.

Bilohorivka Ukraina qurolli kuçlari nazoratiga ötganini Rossiya manbalari ham tasdiqladi. Ukrain harbiylari Bilohorivka böylab harakatlanayotgani aks etgan video rossiyalik harbiy muxbirlarning telegram-kanallarida tarqaldi. «Meduza» geolokatsiya orqali bu video aynan Bilohorivkada olinganini tasdiqlagan. Şu bilan birgalikda Ukraina qurolli kuçlari qömondonligi ham, Rossiya mudofaa vazirligi ham öz hisobotlarida uşbu posyolka haqida eslab ötmagan.

Bilohorivka Luhansk oblastida Rossiya harbiylari tomonidan egallangan sönggi aholi manzillaridan biri bölgandi. RF qurolli kuçlari uşbu posyolka nazorat ostiga olingani haqida faqat iyul oyiga kelib xabar bergan. Bu Bilohorivkaning joylaşuvi bilan ham izohlanadi. Posyolka yozda oğir janglar keçgan Lisiçanskdan 20 kilometr ğarbda joylaşgan. Bilohorivka ikki tomondan ham zarba ostida qolgan va u yerda örnaşib qoliş qiyin edi.

Ukraina va Ğarb naşrlari Bilohorivka ozod etilgani haqidagi xabarlarida bungaça RF armiyasi Luhansk oblastini 100 foiz egallab turgani, endilikda oblastning butun hududi Rossiya qöşinlari nazoratida emasligiga urğu qaratmoqda. Aslida bunday emas. Luhansk oblastining ma’lum bir qismi Ukraina qurolli kuçlari qarşi hujumga ötişidan oldin ham «kulrang zona»da edi — bu hududni na ukrainlar, na rossiyalik harbiylar nazorat qilayotgandi. Ammo Bilohorivka — Luhansk oblastidagi sönggi vaqtlarda ukrain harbiylari nazoratiga ötgan ilk aholi manzili böldi.