Boş prokuratura xorijdagi özbekistonliklarga murojaat qilib, özbekistonliklarning çet davlatlar harbiylaşgan tuzilmalariga yollanişi javobgarlikka sabab bölişi haqida ogohlantirdi.
«Xorijdagi yurtdoşlarimiz diqqatiga! Özbekistonliklarning çet davlatlar harbiylaşgan tuzilmalariga yollanişi javobgarlikka sabab böladi.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi birinçi qismiga köra yollaniş, ya’ni nizolaşayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatçisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolaşayotgan davlat hududida doimiy yaşamaydigan yoki heç qanday davlat tomonidan qurolli kuçlar tarkibida rasmiy topşiriqni bajariş vakolati berilmagan şaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boşqa biror şaxsiy manfaatni közlab, özga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli töqnaşuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun yollanişi beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Şuningdek, Jinoyat kodeksining 154-1-moddasiga köra, Özbekiston Respublikasi fuqarosining çet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga kirişi 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan, yollanişi esa 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişiga sabab böladi.
Şunga köra, çet mamlakatlarda bölib turgan hamyurtlarimizni harbiylaşgan tuzilmalarga yollanmaslikka, harbiy harakatlarda iştirok etmaslikka çaqiramiz va bunday harakatlar jinoiy javobgarlikka sabab bölişi haqida yana bir bor ogohlantiramiz», deyiladi Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari xabarida.
20 sentabr kuni davlat dumasi Rossiya fuqaroligini olişni soddalaştiruvçi qonunni qabul qildi. Qonunga köra, Rossiya qurolli kuçlarida kamida bir yil xizmat ötaş böyiça şartnoma imzolagan xorij fuqarolari Rossiya fuqaroligini soddalaştirilgan tartibda olişlari mumkin böladi.
Ilgari soddalaştirilgan tartibda fuqarolikni oliş uçun xorij fuqarolari kamida uç yil şartnoma asosida harbiy xizmat ötaşlari lozim edi.
Şu kuni Moskva hukumati «Saxarovo» migratsiya markazida xorij fuqarolarini Rossiyada harbiy xizmatga jönatişni yölga qöyişi haqida xabar paydo böldi.












