Oldingi seriyalarda: Pol Pogba şantajçilar tahdidiga uçradi. Boş rolda uning akasi Matias. Ular Poldan 13 mln yevro talab qilişdi, aks holda Mbappe bilan boğliq sirni oşkor qiliş bilan qörqitişdi
• Pol Pogba şu yilning mart oyida bolalikdagi döstlari va miltiq bilan qurollangan, niqobli odamlar tahdidiga duç kelgan. Ular miltiq öqtalib, uni Parij çekkasidagi uyga olib borişgan va professional futbolçi bölganidan beri heç qanday moliyaviy yordam bermay qöyganlikda ayblaşgan. Ikki şaxs qurol öqtalib, Pogbadan sönggi 13 yil davomida göyo uni qöriqlagani uçun 13 million yevro talab qilişadi – har bir yil uçun bir milliondan.
• Pogba pul berişga rozi böladi va bir amallab u joydan çiqadi. Ammo şantajçilar uni ta’qib qilişdan töxtamaydi. Jumladan, Pol aprelda Mançesterda va iyulda bir neça bor Turindagi «Yuventus» qarorgohi yonida ularga duç kelgan. Aynan öşa paytda niqobli odamlardan biri akasi Matias ekanini sezib qolgan. Şundan söng Pol «Yuventus» huquqşunoslari va xavfsizlik xodimlariga nima voqea yuz berganini aytgan. Keyin esa politsiyaga murojaat qilgan.
• Pogba politsiyaga bolalikdagi döstlariga har doim yordam berib kelganini, bu ötgan yilning yanvar oyigaça, noxuş voqea yuz bergunga qadar davom etganini aytadi. Uning döstlaridan biri Mançesterda mehmon bölib turganida kartasidan 200 ming yevroni öğirlamoqçi böladi. Pogba buni bilib qolib, uni haydab yuboradi.
• Mbappening bunga nima aloqasi bor? Şantajçilar Pogbani Mbappe bilan boğliq sirni oşkor qiliş bilan qörqitişadi. Göyo u öz oilasiga yaqin bölgan afsungardan Mbappeni sehrlaşni söraganini ommaga yoyiş bilan tahdid qilişadi.

Keyin nima böldi: Polning akasi videomurojaat qildi, ammo onasi futbolçini qöllab-quvvatladi
Voqea tafsilotlari oşkor bölgaç, Matias Pogba ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaat qildi. Mana undan ayrim parçalar:
• «Pol afsungardan yordam söraganini inkor qilmoqda. Ammo politsiyaga boşqaça körsatma bergan. Jumladan, «jarohatlardan himoyalaniş uçun oilasiga yaqin bölgan afsungarga pul bergani»ni aytgan.
• Pol bolalikdagi döstlariga bergan pullari tovlamaçilik oqibati ekanini aytdi. Ammo bu ötkazmalar rasmiy hujjatlar bilan bilan tasdiqlanadi, axir bu tölovlarning ixtiyoriy ekanini anglatmaydimi? Bu tovlamaçilikka öxşamaydi, şunday emasmi?



















