“Professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
2022 yil 1 oktyabrdan boşlab barça professional ta’lim muassasalari direktor va direktor örinbosarlari lavozimiga nomzodlarni saralaş va tayinlaş Oliy ta’lim vazirligi platformasidan foydalanilgan holda oçiq tanlovlar asosida amalga oşiriladi.
Boşqa vazirlik va idoralar tizimidagi professional ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimga tayinlaş va lavozimdan ozod etiş oliy ta’lim vaziri professional ta’limni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi.
Professional ta’lim sohasida malakani baholaş markazi tomonidan işlab çiqariş ta’limi ustalariga berilgan malaka sertifikatlari tegişliligi böyiça birinçi va ikkinçi malaka toifasiga tenglaştiriladi.
2023 yil 1 yanvardan Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boşqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlaş va ular malakasini oşiriş institutida ta’lim menejmenti yönalişi böyiça kunduzgi va sirtqi ta’lim şakllarida magistratura mutaxassisliklari taşkil etiladi.
Har yili institut doktoranturasiga professional ta’lim nazariyasi va metodikasi, ta’lim menejmenti ixtisosliklari böyiça ilmiy izlanuvçilarni qabul qiliş uçun kamida 20 ta örin ajratiladi.
Professional ta’lim muassasalari tayyorlov yönalişlari böyiça “Eng yaxşi öqituvçi” va “Eng yaxşi işlab çiqariş ta’limi ustasi” körik tanlovlari respublika bosqiçi ğoliblari Professional ta’limni rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan rağbatlantiriladi hamda ular malaka toifasini navbatdan taşqari bir poğona oşirişga ruxsat beriladi.











