Belarus hukumati Yevropa ittifoqining Minskdagi vakolatxonasi rahbari Dirk Şubelga viza berişdan boş tortdi. Bu haqda 20 sentabr, seşanba kuni Polşada faoliyat yurituvçi «Belsat» telekanali xabar berdi. Endi nemis diplomati Belarusga kira olmaydi va öz işini davom ettira olmaydi.
Yevrokomissiya vakili Piter Stanoning sözlariga köra, bu «döstona bölmagan qadam Yevropa ittifoqi va Belarus örtasidagi toraygan diplomatik kanallar va ikki tomonlama munosabatlarni yanada çeklaydi». Stano 6 sentabr kuni Minskda Yevropa ittifoqining muvaqqat işlar vakili Evelina Şulsning «noqonuniy va ruxsat etilmagan» hibsga olinişini esladi.
Şundan söng, «Belarus rasmiylari öz mandatini davom ettirişga tayyor bölişiga qaramay, Minskdagi YeI delegatsiyasi rahbari, elçimiz Dirk Şubelning akkreditatsiyasini uzaytirmay, undan ham uzoqroqqa borişga qaror qildi», — deya Yevrokomissiya vakilining sözlaridan iqtibos keltirgan «Belsat».
Avvalroq, 16 sentabr kuni Piter Stano DW naşriga bergan intervyusida Evelina Şulsning Minskda hibsga olinişini diplomatik munosabatlar töğrisidagi Vena konvensiyasining «qabul qilib bölmaydigan buzilişi» deb atadi va Belarusning Bryusseldagi diplomatik missiyasi rahbari çaqirtirilganini ta’kidladi. «Bölgan voqea juda jiddiy oqibatlarga olib keladi», dedi Stano.












