Ukraina hukumati majburan safarbar qilingan va uruşga jönatilgan rossiyaliklarga taslim bölişni taklif qildi, ularga Jyeneva konvensiyalari böyiça xavfsizlik kafolatlanadi. Bu haqda 22 sentabr, payşanba kuni Ukraina boş vaziri örinbosari Irina Vereşçuk, bir kun avval esa Ukraina prezidenti devoni maslahatçisi Mixaylo Podolyak ma’lum qildi.
«Agar siz safarbar qilinib, Ukraina hududiga tuşib qolsangiz, şunçaki taslim bölişingiz mumkin. Şu tariqa, siz özingiz va yaqinlaringiz uçun eng qimmatli narsani - hayotingizni saqlab qolasiz. Bu begona yurtdagi şafqatsiz ölimdan yaxşiroqdir», - deb yozgan Vereşçuk. Uning sözlariga köra, taslim bölganlarga «xavfsizlik va munosib qamoqda saqlaş şaroitlari» kafolatlanadi.
Taslim bölgan ruslarni ukrainaliklarga almaştiriş mumkin, deya qöşimça qildi Vereşçuk. «Ammo, agar siz Rossiyaga qaytişni istamasangiz, Jyeneva konvensiyalari va Ukraina qonunlariga köra, heç kim sizning xohişingizga qarşi sizni Rossiyaga bermaydi», dedi u.
Majburiy safarbar qilingan rossiyaliklarning taslim böliş ehtimoli haqida Ukraina prezidenti devoni maslahatçisi Mixaylo Podolyak ham «Dojd» telekanali efirida gapirdi. «Biz bunga tuşuniş bilan munosabatda bölamiz. Biz uçun yöqotişlarni kamaytiriş maqsadida odamlarning asirlikda bölişi muhim ahamiyatga ega. Biz barça Jyeneva konvensiyalariga qat’iy rioya qilamiz», - dedi u.
Podolyakning sözlariga köra, majburan safarbar qilingan ruslar almaşuv jarayonlarini talab qilmasdan taslim bölişsa, «yaxşi bölardi». «Askar şunday deyişi mumkin: men Rossiyadanman, meni harbiy xizmatga, uruşga majburan yuborişgan, men jang qilişni xohlamayman, Ukraina va boşqa mamlakatlar kafolati ostida, Rossiyada siyosiy tizimni özgartiriş jarayoni boşlanmagunça uzoq vaqt asirlikda bölişga tayyorman», dedi Podolyak.
Ukraina «majburiy safarbarlik buyruğini bajarişni istamaydigan asirga olingan rossiyalik harbiy xizmatçilar oqimi»dan manfaatdor. «Biz Putinning atrofidagilar Rossiyani qanday vaziyatga olib kelayotganini tuşunyapmiz», deya ma’lum qildi Podolyak.
21 sentabr kuni ertalab Putin mamlakat fuqarolariga murojaat bilan çiqib, «vatan va yaxlitlikni himoya qiliş» uçun qisman safarbarlik e’lon qilgan edi. Şu bilan birga, u özini «DXR» va «LXR» deb e’lon qilgan hududlar, şuningdek, Xarkiv va Zaporijjya oblastlari okkupatsion hokimiyatining Rossiya tarkibiga qöşiliş uçun referendum ötkaziş töğrisidagi qaroriga işora qildi. Tegişli farmon allaqaçon imzolangan, Federal majlis palatalari qaror haqida xabardor qilingan va bugun safarbarlik boşlanadi, dedi Putin.













