Ukrainada uruş boşlanganidan beri köplab rossiyalik amaldorlar, siyosatçilar, mutasaddilar va teleboşlovçilar Ukrainaga yoki uning ittifoqçilariga yadroviy zarba beriş ehtimoli va ba’zi hollarda zarurati yoki hatto muqarrarligi haqida gapirişmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Ğarb davlatlari tahdidi yuzaga kelgan taqdirda yadro arsenalidan foydalanişga tayyor ekanligi haqida bir neça bor ogohlantirdi. Biroq, har doim şunday bölmagan. Putin özining 22 yillik hokimiyatida yadroviy qurollarni qisqartiriş siyosatidan töğridan töğri bunday qurollardan foydalaniş bilan tahdid qilişga ötdi.
2000 yil
Putin Rossiya Federatsiyasining harbiy doktrinasini tasdiqladi. Unga köra, Rossiya öziga yoki ittifoqçilariga qarşi ommaviy qirğin qurollari qöllanişiga javoban, şuningdek oddiy qurollardan foydalangan holda keng kölamli tajovuz amalga oşirilişi natijasida «Rossiya Federatsiyasining milliy xavfsizligi xavf ostida qolgan vaziyatlarda» yadroviy arsenaldan foydalaniş huquqini özida saqlab qoladi.
Bundan taşqari, doktrinada aytilişiça, Rossiya yadro quroliga ega bölmagan va uni tarqatmaslik töğrisidagi şartnomani imzolagan davlatlarga nisbatan yadro zarbasi bermaydi. Bu davlatlar «yadro quroliga ega bölgan davlat bilan hamkorlikda yoki ittifoqçilik majburiyatlari ostida» hujum qilgan holatlar bundan mustasno.
2002 yil
Putin Rossiya va Qöşma Ştatlar uçun jangovar holatda turuvçi yadro qurollari sonini çeklovçi Strategik hujum salohiyatini qisqartiriş töğrisidagi şartnomani imzoladi.
«Qölida har qanday qurol, şu jumladan, hatto ov miltiği bölgan har qanday odam biladiki, uni öqlangan va kurakka barmoqni tekkizgan holda saqlagandan köra, öqsiz saqlaş ança yaxşi va xavfsizroq», – dedi prezident Putin AQŞ prezidenti Jorj Buş bilan birga ötkazilgan matbuot anjumanida.
2007 yil
«Rossiya Federatsiyasining an’anaviy konfessiyasi va yadro qalqoni Rossiya davlatçiligini mustahkamlaydigan, mamlakatning içki va taşqi xavfsizligini ta’minlaş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratadigan tarkibiy qismlardir. Bundan biz davlat bugun va kelajakda ularning har biriga nisbatan qanday munosabatda bölişi kerakligi haqida aniq xulosa çiqarişimiz mumkin», – dedi Putin Kremldagi yillik matbuot anjumanida.
2010 yil
Putin yangi harbiy doktrinani tasdiqladi. Unga köra, Rossiya öziga yoki ittifoqçilariga qarşi ommaviy qirğin quroli qöllanişiga javoban, şuningdek, Rossiya Federatsiyasiga oddiy qurollardan foydalangan holda tajovuz qilinişi oqibatida davlat mavjudligiga tahdid tuğilganida yadro qurolidan foydalanişi mumkin.













