22 sentabr kuni Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan safarbarlikning ikkinçi kuni ötdi — Rossiyada erkaklarga yoppasiga çaqiruv qoğozi topşirilişi boşlandi. Kreml rasman faqat harbiy tajribaga ega bölgan zaxiradagilar orasidan 300 ming kişi çaqirilişini aytgan bölsa-da, harbiy komissariatga çaqirilayotganlar orasida heç qaçon armiyaga bormaganlar, şuningdek namoyişçilar, jurnalistlar va harbiy xizmatga yaroqsiz bölganlar ham uçramoqda. «Novaya gazeta. Yevropa» ma’lumotiga köra, prezident farmonining oşkor etilmagan 7-bandiga köra bir milliongaça odamni safarbar etiş közda tutilgan, bu ma’lumotni Kremldagilar «yolğon» deb atadi. Rossiyada safarbarlik ketayotgan çoğda Ukrainada Rossiya Xarkiv oblastini işğol etib turgan vaqt oqibatlari röyxatga olinmoqda. 22 sentabr kuni «DXR» markazi Donetsk şahri hududi Ukraina qurolli kuçlari tomonidan öqqa tutildi.

Quyida 22 sentabr, Ukrainadagi uruşning 211-kunida olingan suratlar.

Rossiyada safarbarlik

Moskvada bilagida Z harfi (Ukrainadagi uruşni qöllab-quvvatlaş ramzi) tuşirilgan rossiyalik askarlar aks etgan graffiti . Foto 2 sentabr kuni — safarbarlik e’lon qilinişidan keyingi kuni olingan. Foto: Getty Images
Çaqiruv qoğozi olgan moskvalik yoşlar harbiy komissariat binosi oldida navbatda turibdi. Moskvada aynan qança odam xizmatga çaqirilgani ma’lum qilinmagan. Poytaxt meriyasining safarbarlik töğrisidagi buyruğida zaxirada bölgan, lekin hali çaqiruv qoğozi olmaganlarga şahardan çiqiş taqiqlanişi haqida band yöq. Foto: Mixail Metsel / TASS
Doğiston poytaxti Mahaçqal’ada harbiy xizmatga çaqirilganlarni kuzatişga çiqqan qarindoşlari. Foto: TASS
Ukraina bilan uruşga jalb etilgan doğistonliklar Mahaçqal’adagi respublika çaqiruv punktiga kelişdi. Foto: TASS