Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT)ning 22 sentabr, payşanba kuni uning muallifi - nemis yuristi Angelika Nusberger tomonidan Venada taqdim etilgan hisobotiga köra, Rossiyada Ukrainadagi uruşga qarşi bölgan fuqarolarga nisbatan repressiya va ta’qiblar öz çöqqisiga çiqdi.

120 sahifalik hujjatda qayd etilişiça, sönggi ön yil içida Rossiyada jinoiy qonunlar, fuqarolik jamiyati faollariga nisbatan zöravonlik va taşviqot orqali «qörquv va qörqitiş muhiti» yaratilgan. Qatağonlar Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirişidan keyin özining eng yuqori çöqqisiga çiqdi. Aniq misol sifatida, hisobotda Rossiya qurolli kuçlari haqidagi «feyklar» uçun jinoiy javobgarlik töğrisidagi qonun eslatib ötilgan.

Yangi qonunlar faollar, jurnalistlar, huquqşunoslar va nodavlat notijorat taşkilotlarini öz faoliyatini töxtatişga, hattoki, mamlakatni tark etişga majbur qildi. Hujjatda ta’kidlanişiça, Rossiyadagi ta’qiblar «butun jamoatçilik közi oldida» amalga oşirilmoqda va kremlparast taşviqot töliq quvvat bilan işlamoqda. Unda, şuningdek, «jinoiy ta’qibning barça federal va mintaqaviy organlari asta-sekin bevosita Vladimir Putinning nazoratiga ötgani» qayd etilgan.

Ikki kun oldin, 2015 yilda FXX tomonidan zaharlangani aytilgan va 2022 yil aprelidan beri hibsda saqlanayotgan muxolifatçi siyosatçining rafiqasi Yevgeniya Kara-Murza YeXHT Venadagi qarorgohiga taşrif buyurdi. Avvaliga, Vladimir Kara-Murza «politsiyaga böysunmaslik», keyin «feyklar» tarqatiş va Rossiyada siyosiy mahbuslarni qöllab-quvvatlaş konferensiyasi tufayli «nomaqbul taşkilot» faoliyatida iştirok etişda ayblandi.

Yevgeniya Kara-Murza Ğarb davlatlarini Rossiyaning tinç aholisini qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. «Ukrainaga keng kölamli bosqin Rossiyaning özida ommaviy zulm fonida sodir bölayotganini esdan çiqarmaslik kerak», dedi u. Şu bilan birga, Rossiyada «uç kun davom etişi kerak bölgan uruş yetti oydan ortiq davom etayotganini körib, hatto taşviqot qurbonlari ham özlariga savol berişni boşladi», deya qöşimça qildi Kara-Murza. 

YeXHTning Rossiyadagi inson huquqlari buzilişi haqidagi hisoboti taşkilot uruş boşlanganidan beri uçinçi marta «Moskva mexanizmi»ga amal qilgani – Rossiyaning xalqaro huquq va majburiyatlarga rioya etişini baholagan xalqaro ekspertlar guruhini yaratişga murojaat qilganidan keyin çiqdi. 

Oldingi ikkita guruh Rossiya tomonidan boşlangan harbiy harakatlar bilan boğliq xalqaro gumanitar huquq buzilişi haqidagi hisobotlarni va Rossiya qöşinlari tomonidan Ukrainada sodir etilgan harbiy jinoyatlar haqidagi hisobotlarni baholaş uçun yiğilgan edi. Rossiyaning YeXHTdagi missiyasi uşbu mavzulardagi hisobotlarni «asossiz taşviqot» deb atadi va Rossiyadan kelgan delegatsiya taşkilot sönggi yiğilişlarida qatnaşmadi, çunki uning a’zolari uruşni qöllab-quvvatlagani uçun sanksiyalar röyxatida bölgan.