G7 mamlakatlari yetakçilari Ukrainaning bosib olingan hududlari – Zaporijjya va Xerson oblastlarining bir qismida, şuningdek, özini «DXR» va «LXR» deb e’lon qilgan hududlarda Rossiyaga qöşiliş böyiça ötkazilayotgan «referendumlar»ni keskin qoraladi. Bu soxta referendumlar «heç qanday yuridik kuç va qonuniylikka ega emas», deyiladi 23 sentabr, juma kuni G7 veb-saytida e’lon qilingan qöşma bayonotda.
Rossiya bosib olingan hududlarda «demokratik me’yorlarni e’tiborsiz qoldirmoqda», «mahalliy aholini oçiqdan-oçiq qörqitmoqda», deyiladi hujjatda. Okkupatsion hokimiyat tomonidan uyuştirilgan «ovoz beriş» Rossiyaning davlat çegaralarini majburan özgartirişga urinişlariga doimiy qarşilik körsatayotgan Ukraina xalqining irodasini aks ettirmaydi, deya ma’lum qilingan bayonotda.
Germaniya, AQŞ, Kanada, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Yaponiyani öz içiga olgan G7 na «referendumlar»ning özini, na ularning «natijalari»dan keyin kutilayotgan Ukraina mintaqalarining Rossiya tomonidan annexia qilinişini heç qaçon tan olmasligi haqida ogohlantirdi. Bundan taşqari, bayonotda mojaroning yanada kuçayib borayotgani, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan, rossiyaliklarning mamlakatdan ommaviy çiqib ketişiga sabab bölgan safarbarlik va Kremlning «mas’uliyatsiz yadroviy ritorika»sidan afsus bildirilgan.
G7 dunyoning barça mamlakatlarini «Rossiyaning xalqaro huquqni buzgani uçun yolğon niqob yaratişga urinişi» bölgan soxta «referendumlari»ni tan olmaslikka çaqirdi va Rossiyaning Ukrainaning suveren hududini annexia qilişga uriniş böyiça noqonuniy harakatlarini qöllab-quvvatlovçi şaxslar va guruhlarga nisbatan keyingi iqtisodiy sanksiyalar qöllaşga va’da berdi.
Putinning e’lon qilgan safarbarligi fonida Yevropa ittifoqi va Ukraina taşqi işlar vazirlari Nyu-Yorkda norasmiy favqulodda yiğiliş ötkazdilar. Sakkizinçi sanksiyalar paketi juda tez taqdim etilişi mumkin, dedi Yevrokomissiya matbuot kotibi Erik Mamer.
Kreml duç kelişi mumkin bölgan çeklovlar qatoriga G7 davlatlari avvalroq kelişib olgan Rossiya nefti narxlarining yuqori çegarasi, jismoniy va yuridik şaxslarga nisbatan individual jazo çoralari hamda Yevropa ittifoqi Rossiyaga eksport qiladigan bir qança texnologiyalarning qöşimça eksport nazorati böyiça taklif kiritilişi mumkin.
25 oktyabr kuni Berlinda G7 tomonidan taşkil etilgan Ukrainani tiklaş, rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş böyiça xalqaro konferensiya bölib ötadi. G7 rahbarlari iyun oyida Bavariyada bölib ötgan taşkilot sammiti çoğida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga mamlakatni tiklaşda yordam berişga va’da qilişgan edi.













