Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Hindistonga yangi transport yo‘lagini ishga tushirish niyatida

O‘zbekiston va ESKATO "O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Hindiston" transport yo‘lagi texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Chobahor porti orqali "O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Hindiston" transport yo‘lagini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralarda yaqin kelajakda 1 milliard dollarga yetadigan O‘zbekiston va Hindiston savdo aylanmasi barqarorligini ta’minlaydigan yangi transport yo‘lagi texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur yo‘lak yaqin istiqbolda 3,2 milliard dollarni tashkil etishi mumkin bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Hindiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo munosabatlari doirasida mahsulot yetkazib berish uzluksizligini ta’minlashga ham qaratilgan.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026