16:46 / 24.09.2022
22708

Sardor Umrzoqov hokimlarni qishloq xo‘jaligi sub’yektlari ishiga aralashmaslik haqida ogohlantirdi

Prezident administratsiyasi rahbari hokimlar va boshqa rahbarlarni klasterlar ishiga aralashmaslik va ma’muriy bosim o‘tkazmaslik haqida ogohlantirib, ular asosiy e’tiborini nimaga qaratishi kerakligini aytdi.

Rasmiy foto

Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov hokimlar, soha va tarmoqlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Hukumatdagi manbalarga ko‘ra, tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda prezident tomonidan agrosanoat majmui bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar hal qilinmayotgani, ijro intizomini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Hokimlar va boshqa rahbarlar klasterlar ishiga aralashmasligi, ma’muriy bosim o‘tkazmasligi, balki birlamchi e’tiborini majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda turmush sharoitlarini va infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlik, ayniqsa kichik va oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlashga, odamlarni qiynayotgan masalalarni hal qilishga qaratishi shartligi haqida qat’iy ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu hafta Kun.uz qishloq xo‘jaligi sohasiga ma’muriy aralashuvlar davom etayotgani haqida ikki material e’lon qilgandi:

Top