Kontrakt
Eng arzon va stipendiyasiz kontrakt miqdori 6,4 mln söm. Eng qimmati töğrisida indamay qöyaqolaylik. Çunki Özbekistonda ham qator xorijiy va xususiy oliy öquv yurtlari oçilyapti hamda ulardagi kontrakt tölovi 40-50 mln sömgaça yetişi mumkin. Biz davlat tasarrufida bölgan yuqori çegara – 11-12 mln sömga töxtalamiz. Şu tarzda örta statistik kontraktni yiliga 8 mln söm deb belgilasak böladi. Bu esa oyiga örtaça 670 ming söm degani.
Ijara
Bu xarajat ham keskin farqlanuvçan. Ya’ni talaba örtaça 200 ming tölab yotoqxonada yaşaşi yoki öziga alohida kvartira olib, 300 dollarni şaqillatib sanab berişi ham mumkin. Şuningdek, viloyatlar, Toşkent va turli şaharlardagi narxlar ham ança farqlanadi.
Yotoqxonalar bilan boğliq vaziyatni körgan holda, biz hisob uçun talabalar odatda eng köp qöllaydigan usul va ommabop narxni olamiz. Aksariyat talabalar 4 kişi bölib örtaça narxi 200 dollar bölgan kvartiralarni ijaraga olişadi. Bu bir kişiga 50 dollar, yoki oyiga 550 ming söm degani. Ta’kidlaş şart: bu örta statistik raqam!
Yegulik
Talabaning buxanka nondan özga narsa yemasligiga oid latifalarni köp eşitganmiz. Lekin u ham tirik jon, inson. Qolaversa, hozirgi zamonda yirik şaharlardagi aksariyat umumiy ovqatlaniş nuqtalarining mijozlari aynan talabalardir. Biz umumiy şerikçilik tamoyilidan kelib çiqib hisob-kitob qilamiz. Ya’ni 4 kişilik, yana hammasi yoş, yaxşi yeydigan rözğorga bir haftalik bozorlik kamida 400-500 ming söm bölişi lozim. Raqamning kattaligi sababi, hozirgi kunda talabalar orasida uyidan oziq-ovqat olib keliş an’anasi kamayib ketdi. Çunki uyidagilar ham deyarli hamma oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olib yeyişadi.
Bundan taşqari oyiga örtaça 25 kun köçada qilinadigan tuşlik bor. Hozir talabalar uçun işlaydigan ijtimoiy oşxonalar deyarli qolmadi va hamma bozor iqtisodiyotiga yuzlanmoqda. Bitta tuşlik esa kamida 15-20 ming.
Şu tarzda bir talaba yegulik uçun kamida (!) 700 ming-1 mln söm sarflab qöyadi.
Transport
Talabalar ham kuçayib ketişgan. Oldin hamma jamoat transportida yurgan bölsa, hozir taksi uluşi ham muttasil oşib bormoqda. Oyiga 25-26 kun qatnovning 20 kunini jamoat transportiga, qolganini taksiga ajratamiz. 20 kun örtaça 3 ming, bu 60 ming. 5 kun örtaça 12 ming – buyam 60 ming söm. Har ikkisiga 120 ming söm. Albatta, talabalar uçun çiqarilgan “proyezdnoy”lar oliş mumkin. Lekin ular hamma joyda amal qilmaydi. Qolaversa, talaba faqat öqişga borib keliş bilan çeklanib qolmaydi. Demak 120 ming söm haqiqatga yaqin.












