«OVD-Info» loyihasining sönggi ma’lumotlariga köra, mamlakat böylab qölga olinganlar soni 796 nafarni taşkil etmoqda.

Moskvada şanba kuni odamlar Çistoprudniy bulvarida yiğilgan. Rossiya naşrlari muxbirlari qayd etişiça, bu yerga uç kun oldingidan kamroq odam kelgan. Şuningdek Pokrovka, Pokrovskiy bulvari va «Zaryade» parkida ham odamlar qölga olingan.

Namoyişçidan tortib olingan plakatni kötarib turgan politsiyaçi. Foto: Getty Images

Çistoprudniy bulvarida nogironlar aravaçasidagi ayol «Men kabi bölişni istaysizmi?» yozuvli plakat kötarib kelgan. OAV xabariga köra, uni qölga olişmagan.

Telegram-kanallarda politsiyaçilar qölga olinganlarni yerda sudrab, dubinkalar bilan kaltaklayotgani, uç-tört kişilaşib bir kişini olib ketayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Qölga oliş joyiga oldindan köp sonli politsiyaçilar keltirilgan.

«Zaryade» parkida OMON beş-ön kişi bölib turgan yoşlarni qölga olişgan.

Qölga olinganlar IIB binolariga olib ketilgan.

Qölga olinganlarning xabar qilişlariça, ularning pasport va telefonlari olib qöyilgan. Soat keçqurungi yetti atrofida «Vesna» harakati kanalida aksiya yakunlangani haqida xabar paydo bölgan.

«OVD-Info» Moskvada kamida 374 kişi qölga olinganini xabar qildi. 21 sentabr kuni Moskvada 394 kişi qölga olingandi.

Peterburgda faollarning alohida guruhlari plakatlar kötargan holda köçalar böylab harakatlanişgan. Rossiya naşrlari xabarlariga köra, bu şaharda politsiya qat’iyroq harakat qilgan.

Dastlabki qölga oliş holatlari Sadovaya köçasida bölib ötgan. Muxbirlarning xabar qilişiça, OMON barçani bir boşdan qölga olgan.

«Kommersant» gazetasi ma’lumotiga köra, qölga oliş vaqtida Peterburg omonçilari elektroşoker qöllagan. Har bir namoyişçiga kamida tört nafardan politsiyaçi taşlangan.

Peterburgdagi namoyişlar fonida faollarning uylarida tintuv ötkazilgan.