Rossiya armiyasining Xarkiv oblastidagi yirik mağlubiyati Kreml strategiyasida tub özgarişlarga olib keldi. RF qurolli kuçlarining Ukrainadagi guruhlariga mingdan ortiq kilometrga çözilgan front çiziği böylab faol harakatlaniş uçun ançadan buyon resurslar yetişmovçiligi kuzatilayotgandi, ammo Moskva muammoni eng aniq yöl — safarbarlik bilan hal etişdan boş tortib kelayotgandi. Ukrainlarning muvaffaqiyatli qarşi hujumidan keyin RF qurolli kuçlari endi hatto passiv himoyalanişga ham qodir emasligi körinib qoldi. 21 sentabr kuni, yarim yilga keçikkan holda, Kreml «qisman safarbarlik» e’lon qildi. Putinning farmoni matnida noaniqliklar köp, uning bandlaridan biri oçiqlanmagan (katta ehtimol bilan unda safarbar qilinuvçilar soni qayd etilgan). Bu esa safarbarlik Kreml uçun ayni vaqtda noqulay bölib turgan uruşdagi vaziyatni qançalik özgartirişi böyiça aniq baho berişni qiyinlaştiradi. Ammo hozirdan bu vazifani uddalaş qiyin bölişini aytiş mumkin.
Hozirda frontda nimalar bölmoqda?
Rossiyaning Izyum-Kupyansk yönalişidagi guruhi qurşovga tuşib qolmaslik uçun tezlik bilan çekinişi Xarkivdan şarqdagi frontda 150 kilometr uzunlikda böşliq yuzaga kelişiga olib keldi. Guruh çekiniş vaqtida yuzlab zirhli texnika va artilleriya qurollarini (ma’lum qismi yakson etilgan va şikastlangan, katta qismi ukrainlarga ölja bölgan) qoldirib ketdi. Natijada Izyumdan olib çiqilgan qöşin özining jangovar qobiliyatini qisman yöqotdi. Aftidan, Rossiya qömondonligi bu böşliqni yopiş uçun zaxira kuçlar topa olmadi.
Yakunda qarşi hujumga ötgan ukrainlarni Oskol va Şimoliy Don daryosi böylab yangi mudofaa çiziğida tutib turiş rejasi ham barbod böldi. Ukraina qurolli kuçlari ikki daryoni ham bir neça nuqtadan keçib ötdi va Luhansk oblastiga yangi hujumni rivojlantirmoqda.
Rossiya qömondonligi ukrain harbiylari Şimoliy Donni keçib ötişini qiyinlaştiriş maqsadida Peçenejskiy suv omboridagi töğonni portlatib yuborişdi. Hozirça bu Ukraina qurolli kuçlari yurişini sekinlaştira olişi aniq emas.
Rossiyada nima uçun ukrainlar qarşi hujumini töxtatiş uçun zaxira kuçlar topilmadi?
Sönggi vaqtlarda Rossiya qömondonligi tomonidan tayyorlangan zaxira kuçlari ukrainlarning janubdagi qarşi hujumlariga qarşi turiş uçun Xerson oblastiga taşlangandi. Ukrainlar avgust oyi oxirida janubda manyovrlar amalga oşirgan, ammo hozirça sezilarli darajada ilgarilaş kuzatilgani yöq.













