14:54 / 26.09.2022
35813

Donbassdagi qarshi hujum va rossiyaliklar istehkomlarini o‘tinga aylantirayotgan ukrainlar. Urush suratlari

24 sentabr kun Dog‘istonda safarbarlikka qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi, namoyishga chiqqanlar qo‘lga olindi. Rossiya bo‘ylab harbiy komissariat binolariga o‘t qo‘yilmoqda. Ukrainaning bosib olingan hududlarida Rossiya tarkibiga kirish bo‘yicha «referendumlar» o‘tkazilmoqda. Qator mamlakatlar - jumladan, Turkiya, Qozog‘iston va Serbiya ham uning natijalarini tan olmasligini e’lon qildi. «Meduza» manbalari «referendumlar» yakunlangach, Rossiya chegaralari safarbarlik yoshidagi erkaklar uchun yopilishi haqida xabar berdi. Bu vaqtda Ukraina qurolli kuchlari bosib olingan hududlarini ozod etishda davom etmoqda. Bu hududlar aholisi rossiyaliklardan qolgan blindajlarning yog‘ochlarini chiqarib olmoqda — ko‘p vaqtlik istilo va otishmalar tufayli shaharlarda elektr va gaz yo‘q.

Quyida 25 sentabr, urushning 214-kunida Ukraina va Rossiyaning turli hududlarida olingan suratlar.

Ukraina armiyasining yarador askarlari evakuatsiyasi

Ukrainalik jangchilar yarador safdoshini sanitar mashinaga joylashtirishmoqda. Shu kunlarda bu otryad Donetsk oblastining Liman rayonidagi Shurovo qishlog‘ini ozod etdi, bu yerda Ukraina o‘z qarshi hujumini davom ettirmoqda.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi ozod etilgan Shurovo qishlog‘ida yaralangan ukrain askari quroldoshlari hamrohligida tibbiy yordam olish uchun ketmoqda .
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Maxsus topshiriqli «Dnepr-1» patrul polki jangchilari Shimoliy Donni kechib o‘tib, Shurovo qishlog‘iga tushmoqda.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Ukrainaning ozod etilgan hududlari 

Izyumda yakson etilgan sportzal. Shahar 11 sentabr kuni Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ozod etildi. Yarim yil davom etgan istilo va janglar vaqtida shahar kuchli darajada jabrlangan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari Izyumda Shimoliy Don ustidan o‘tgan ko‘prikni ko‘zdan kechirishmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ozod etilgan Izyumda Rossiya qo‘shini chekinishi vaqtida yakson etilgan va tashlab ketilgan zirhli texnikalar.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Izyum aholisi rossiyaliklarning tashlab ketilgan blindajini parchalamoqda. Rossiya istilosidan ozod etilgan shahar va qishloqlarda svet, ichimlik suvi va gaz yo‘q.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Izyum atrofida rossiyaliklar tashlab ketgan blindajlarni (dala istehkomi) o‘tinga ajratayotgan mahalliy aholi.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Bosib olingan hududlardagi «referendumlar» 

Bosib olingan Mariupoldagi saylov uchastkasiga kirishda turgan qurollangan harbiy. Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha «referendumlar» 23-27 sentabr kunlari Donetsk, Luhansk, Zaporijjya va Xerson oblastlarining bosib olingan hududlarida bo‘lib o‘tmoqda. Qator mamlakatlar uning natijalarini tan olmasligini e’lon qilib bo‘ldi.
EPA / Scanpix / LETA
Mariupolda «DXR»ning Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha «referendum» jarayoni.
Yegor Aleyev / TASS
Istilo ostidagi Volnovaxidagi «referendum»da «sayyor saylov uchastkasi».
Yegor Aleyev / TASS

Rossiyadagi safarbarlik 

Moskvaning Kunsevskiy rayonidagi harbiy komissariatda chaqirilganlarning qarindoshlari. Prezident Putin 21 sentabr kuni qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Ammo ko‘plab harbiy komissarlar farmondagi bandlarga zid o‘laroq barchani bir boshdan - yoshi to‘g‘ri kelmaydigan va armiyada xizmat qilmaganlarga ham chaqiruv qog‘ozlari jo‘natmoqda. Bunga javoban Rossich bo‘ylab harbiy komissariat binolariga o‘t qo‘yish to‘lqini va safarbarlikka qarshi ommaviy namoyishlar  bo‘lib o‘tmoqda.
Mixail Tereshchenko / TASS
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top