Rossiya tomonidan egallab olingan Ukraina hududlarida ötkazilgan «referendumlar» tugaganidan keyin «safarbarlik yoşidagi» erkaklarning Rossiyani tark etişi çeklanişi mumkin. Bu haqda 25 sentabr, yakşanba kuni prezident ma’muriyatiga yaqin ikki manbaga tayanib, Meduza xabar berdi.
Naşr suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, taqiqning joriy etilişi uçun eng ehtimoliy sana – 28 sentabr. Ukrainaning «DXR», «LXR» hamda bosib olingan Xerson va Zaporijjya oblastlari hududlarida «referendumlar» 27 sentabr oqşomida yakunlanadi. Meduza suhbatdoşining aytişiça, «çiqiş vizasi»ga öxşaş hujjat paydo bölişi mumkin va erkaklar Rossiyadan çiqib ketiş uçun harbiy komissarlikdan ruxsat olişlari kerak böladi.
Rossiyaning bir neçta sub’yektlarida harbiy komissarlar safarbarlik töğrisidagi buyruq bilan zaxiradagi harbiy xizmatçilarga Rossiyadan taşqariga çiqişni allaqaçon taqiqlab qöygan. «Agora» inson huquqlari taşkiloti rahbari Pavel Çikov 25 sentabr kuni özining Telegram-kanalida FXX tomonidan Rossiyadan Qozoğistonga ketmoqçi bölganlarga berilgan xabarnomani e’lon qildi. Ma’lumotnomalarda harbiy komissarlik qarori asosida ularga çiqişga ruxsat berilmagani körsatilgan.
Rossiyada safarbarlik 21 sentabrda boşlandi. Prezident Vladimir Putinning sözlariga köra, zaxirada bölgan hamda tegişli harbiy mutaxassislik va jangovar tajribaga ega bölganlar harbiy xizmatga çaqiriladi. Rossiya Mudofaa vazirligi yoş çeklovlari haqidagi savolga javob berar ekan, qonunga köra, 35 yoşgaça bölgan oddiy askar va serjant unvoniga ega bölgan fuqarolar, 50 yoşgaça bölgan kiçik ofitserlar va 55 yoşgaça bölgan katta ofitserlar safarbarlikka jalb qilinişini bildirdi.
Şu bilan birga, yuristlarning ta’kidlaşiça, Rossiya böylab vazirlik tomonidan örnatilgan çeklovlarga rioya qilinmagan, harbiy xizmatda bölmagan va tegişli unvonga ega bölmagan keksa odamlar ham çaqirilmoqda.
Putin Rossiyada safarbarlik e’lon qilganidan söng, çet elga uçib ketiş uçun aviaçiptalarga talab keskin oşdi. Sobiq SSSRning qöşni respublikalari – Armaniston, Gruziya, Ozarboyjon va Qozoğistonga, şuningdek, Turkiya va Serbiyaga deyarli barça töğridan töğri reyslarga çiptalar sotib olindi. Rossiyaning Gruziya, Qozoğiston va Möğuliston bilan quruqlikdagi çegaralarida köp kilometrlik tirbandliklar yuzaga keldi.













