Ma’lum bölişiça, Özbekistonda avgust oyining özida nikohdan ajralişga doir 4123 ta holatlar qayd etildi. Yurtimizda bir oyda şunça ajrim sodir bölayotgan bölsa, bu raqam bir yilda qariyb 50 mingtani, 5 yilda esa 250 mingtani taşkil qiladi. Bu juda ayançli!

Ajralişga nimalar sabab bölmoqda. Quyida biz ayrim qahramonlarimiz hayoti misolida masalaning tub ildiziga e’tibor qaratişga harakat qilamiz.

Malika ajraşganda bolasi çaqaloq edi. Ota-onasidan ayrilganidan söng qaynonasi «men orzu-havasli ayolman, qudalarim bilan bordi-keldi qilişni xohlayman», deb uydan quvib yubordi. Eri çet elga işlagani ketgan edi. Qaynotasi ham yonini olmadi — xotinining gapidan ötolmadi. Öğli qaytib kelişi hamono onasi uni boşqaga uylantirib qöydi. Yigit ham öğillik vazifam dedi-yu, erlik, otalik vazifasiga köz yumdi.

Otasining kasalini davolatiş uçun qizlik uyi sotilib ketgan, borarga joyi, suyangani odami qolmagan Malika bir neça bor böyniga sirtmoq ham solmoqçi böldi. Ammo jajji qizi oldidagi mas’uliyat uni uşlab qoldi. Bugunga kelib qizi Omina 4-sinfga ötdi, ammo ular hali ham ijarama-ijara, boşpanasizlikdan qiynalib yuradi.

Xalqaro miqyosdagi statistik ma’lumotlarga köra, ajraşgan har beşinçi ayol qaşşoqlikka tuşmoqda, har uçinçi ayol uy-joysiz qoladi. Aksariyat erkaklarning turmuş darajasi 10–40 foizga pasayib ketadi. Bu holat öz navbatida jamiyat taraqqiyotiga ham öz ta’sirini ötkazadi va kambağallik ösişi, ijtimoiy yordamga muhtojlar köpayişiga sabab böladi.

BMT tomonidan har yili ajralişlarning global koeffitsiyenti berib boriladi. Mazkur ma’lumotlarga köra, nikohdan ajraşiş statistikasi bir qator ta’sirçan omillar tufayli keskin özgarib bormoqda. Dunyo böyiça ajraşişga juftliklarning özaro mos kelmasligi, xiyonat, giyohvandlik/alkogolga qaramlik, moddiy yetişmovçilik hamda jismoniy/ruhiy zöravonlik katta ta’sir ötkazadi.

Şuningdek, özbek oilalarining ajralişlariga uçinçi şaxslarning aralaşuvi, qaynona-kelin munosabatlari, farzandsizlik, yoş oilalarning öz uy-joyiga, daromad manbaiga ega emasligi kabi omillar ham katta ta’sirga ega.

Qaynonaning aralaşuvi bilan oilasi buzilgan Malika singari ayollar köpçilikni taşkil qiladi. Oila uçun mutlaqo kerak bölmagan oldi-berdi, ötkinçi orzu-havaslar sabab bolalar ota yoki ona mehridan mahrum bölişmoqda.

“Baxtiyor oila” kitobida keltirilişiça, ota‑onalarning insofsizligi, ularning şariatni bilmasliklari, unga amal qilişni xayollariga ham keltirmasliklari yoş oilalarning ajralişiga sabab bölmoqda. Bunday kimsalar bolasi öz jufti haloli bilan saodatli umr keçirayotganini yetarli hisoblamaydilar. Ular bir-birlariga emas, bizga yoqişlari kerak, degan fikrda böladilar. Islom ta’limotida iloji boriça oilani mustahkamlaşga amr qilingan. Boşqa birovning – agar öşa birov ota‑ona bölsa ham – xohişiga binoan oilani buzişga ruxsat yöq.