Toşkent şahridagi ayrim sud binolarida huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari bilan hamkorlikda öquv maşğulotlari ötkazilmoqda. 

Poytaxt IIBB xabariga köra, bu kabi öquv maşğulotlari strategik obektlarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilişini tekşiriş maqsadida ötkazib turiladi. 

“Hurmatli fuqarolar. Xavfsizlik qoidalariga rioya etişingizni va xavotirga berilmasligingizni söraymiz”, deyiladi ma’lumotda.

Bundan oldin ijtimoiy tarmoqlarda jinoyat işlari böyiça Uçtepa tumani va fuqarolik tumanlararo sudidan taşrif buyuruvçilar va sud xodimlari taşqariga çiqarib yuborilgani töğrisida xabarlar tarqalgan edi.