Özbekiston taşqi işlar vaziri Vladimir Norov Nyu-York şahrida Birlaşgan millatlar taşkiloti boş kotibining Tamaddunlar ittifoqi böyiça yuqori vakili Migel Anxel Moratinos bilan uçraşuv ötkazdi.

Tamaddunlar ittifoqi 2005 yili turli madaniyatlar va dinlar, mamlakatlar va xalqlari örtasidagi özaro anglaşuvni mustahkamlaş, jamiyat qutblanişiga qarşi kuraşişda yordam beriş maqsadida taşkil etilgan.

Özbekistonning Tamaddunlar ittifoqi bilan hamkorligini çuqurlaştiriş, madaniyatlararo muloqotga kömaklaşuvçi taşabbuslarni birgalikda amalga oşiriş, Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqin aloqalar örnatiş istiqbollari muhokama qilindi.

Vladimir Norov ta’kidlaşiça, Özbekiston Tamaddunlar ittifoqining ustuvor yönalişlari va faoliyatiga muhim e’tibor qaratib, "Döstlar guruhi" işida faol iştirok etmoqda, madaniyatlararo muloqotni mustahkamlaşga, hamjamiyatlar örtasida döstlik köpriklarini qurişga hissa qöşmoqda.

Tamaddunlar ittifoqi rahbari yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni olqişlab, Şavkat Mirziyoyevning bağrikenglik va insonparvarlikni rivojlantiriş, millatlararo va dinlararo anglaşuvni mustahkamlaş borasidagi siyosatini töla qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Tomonlar özaro hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga kelişib oldi.