Joriy yil 24 sentabridan 5 oktyabriga qadar Qatar poytaxti Doha şahrida Özbekiston madaniyati kunlari bölib ötyapti, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Anjuman Özbekistonning Kuvaytdagi elçixonasi taşabbusi va yordami hamda Özbekiston “Hunarmand” uyuşmasi va “Katara” madaniyat jamğarmasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan.

Tadbir doirasida Özbekiston hunarmandlari mahsulotlarining sotuv-körgazmasi oçiliş marosimi bölib ötdi. Anjumanda “Katara” madaniyat jamğarmasi boş direktori, professor Holid bin Ibrohim as-Sulayti, Özbekistonning Qatardagi elçisi Bahrom A’loyev, Özbekiston hunarmandlar uyuşmasi raisi Uluğbek Abdullayev va Butunjahon hunarmandlar kengaşi prezidenti Sa’ad al-Qaddumi sözga çiqdi.

Madaniyat kunlari ötkazilişi Özbekiston va Qatar örtasidagi döstona aloqalarning rivojlanişi hamda respublikaga kelayotgan xorijiy sayyohlar sonini oşiriş uçun muhim ekaniga alohida e’tibor qaratildi.

Körgazmada respublika turli viloyatlari va Qoraqalpoğistonda hunarmandçilik yönalişlarida faoliyat yuritayotgan ustalar öz mahsulotlari bilan iştirok etmoqda. Körgazma doirasida özbek hunarmandçiligi va respublika turistik salohiyatiga bağişlangan taqdimotlar taşkillaştiriladi, özbek hunarmandlari mahorat saboqlari ötkazadi.