2022 yilning 24-25 sentabr kunlari Samarqand şahridagi “Afrosiyob” sport arenasida yengil atletika böyiça IV Markaziy Osiyo çempionatining ötkazilişi ham fikrimiz isbotidir. Ta’kidlaş kerakki, Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan 2004 yilda “Universiada-2004” Respublika talabalar sport öyinlarini ötkaziş uçun qurilgan arena, Butunjahon yengil atletika assotsiatsiyasi talablariga binoan xalqaro turnirlar ötkaziş uçun töliq rekonstruksiya qilindi.
Samarqand şahri öz tarixida birinçi marotaba Yengil atletika böyiça Markaziy Osiyo çempionatiga mezbonlik qildi. Xalqaro musobaqalarda iştirok etiş uçun 300 dan ortiq sportçilar taşrif buyurişdi va bu çempionat yengil atletika mavsumining yakunida har bir sportçiga özining şaxsiy reytingini va iştirok natijalarini sarhisob qilişga imkoniyat berdi.

Sportni rivojlantiriş vazirligi, Milliy olimpiya qömitasi, Markaziy Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi, Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida taşkil etilgan uşbu turnirning tantanali oçiliş marosimida, “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi - Özbekiston yengil atletika federatsiyasi rahbari Mehriddin Abdullayev musobaqa iştirokçilari va mehmonlariga tabrik yöllab, barça qatnaşçilarga omad tiladi.
Xalqaro musobaqa doirasida yengil atletikaning 41 ta yönalişi böyiça 56 ta medallar jamlanmasi öynaladi. Sportçilar asosiy yuguriş yönalişlari böyiça ham, texnik yönalişlarda ham – balandlikka sakraş, langar çöp bilan sakraş, uzunlikka sakraş, uç xatlab sakraş, disk uloqtiriş, bosqon uloqtiriş, yadro irğitiş, nayza uloqtiriş böyiça bellaşişdi.

Yengil atletika böyiça Özbekiston terma jamoasi vakillari deyarli barça yönalişlarda iştirok etdi. Joriy yilning avgust oyida Turkiyaning Konya şahrida bölib ötgan V Islom birdamligi öyinlari ğolib va sovrindorlari bölgan Şarifa Davronova, Anvar Anvarov, Suxrob Xodjayev, Farida Soliyeva, Nargiza Qöçqorova va Roksana Xudoyorova ham öz imkoniyatlarini sinab körişdi.
Ayollar örtasidagi bosqon uloqtiriş bahslarida Zarina Nosirjonova, erkaklar örtasidagi balandlikka sakraşda Amir Nagayev, tayanib sakraşda Hayitali Pölatov birinçi örinni egalladi.

Ayollar örtasida 800 metrga yuguriş bellaşuvida malayziyalik Savinder Kaur, erkak örtasidagi esa qirğizistonlik Musulmon Jolomanov, erkak örtasida 200 metr masofaga yugurişda tojikistonlik Favoris Muzrapov, ayollar örtasida esa hamyurtimiz Laylo Allaberganova ğoliblikni qölga kiritdi.













