26 sentabr kuni rossiyaliklar mamlakatni yoppasiga tark etişga urinişda davom etdi — Gruziya va Qozoğiston bilan çegara hududida köp kilometrlik navbatlar yuzaga kelgan. Şu bilan birga ketiş tobora qiyinlaşmoqda: aeroportlardagi çegaraçilarga çaqiruv qoğozi olganlarning röyxati berilgan. Bunday fuqarolar çegaradan ötişi uçun harbiy komissariat ruxsatnomasi bölişi kerak. Ukrainada rossiyalik harbiylar Kramatorsk va Krivoy Rogdagi aeroportni öqqa tutişdi. Moskvada kuçişlatar tuzilmalar xodimlari şoir va huquq faoli Artyom Kamardinni qölga olib, qattiq kaltaklaşdi — Triumfal maydondagi Mayakovskiy haykali oldida «safarbarlikka qarşi» şe’rlar öqigani uçun.

Quyida uruşning 215-kunida Ukraina va Rossiyaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv oblasti

Xarkiv oblasti Dementiyevka qişloğida Ukraina qurolli kuçlarining sobiq pozitsiyasi hududida askarlar va tinç aholi vakillari jasadini qidirayotgan ukrain harbiylari. Bahorda uşbu aholi yaşaş manzili uçun uning joylaşuvi tufayli şiddatli janglar keçgandi: uning atrofida joylaştirilgan oğir artilleriya bilan Xarkiv markazini öqqa tutiş mumkin edi. Ukrain armiya iyul oyida Dementiyevkani ozod etgan. Foto: Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Dementiyevka qişloği atrofidan topilgan ukrain harbiysi jasadini olib ketayotgan ukrain harbiylari
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Kozaça Lopan posyolkasida vayron bölgan parrandaçilik fermasi tomida tank qismlari osilib turibdi. Ukraina armiyasi uşbu aholi yaşaş manzilini sentabr oyi örtalarida ozod qilgandi — ukrain harbiylari bu yerda rossiyalik harbiylar tomonidan taşkil etilgan qamoqxonalar va qiynoq kameralari, şuningdek birodarlik qabristonini topişgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Kozaça Lopan posyolkasi atrofidagi minalaştirilgan maydonda qolgan rossiyaliklarning yakson bölgan avtomobili.