Safarbarlik fonida Rossiyani tark etiş imkoniyatlari tobora kamayib bormoqda, deya ogohlantirdi AQŞ Davlat departamenti. Uning ta’kidlaşiça, ikki fuqaroligi bölgan şaxslar Ukraina bilan uruş uçun armiyaga çaqirilişi mumkin.

AQŞ Davlat departamenti Amerika fuqarolariga Rossiyani zudlik bilan tark etişni tavsiya qildi. 28 sentabr, çorşanba kuni AQŞning Moskvadagi elçixonasi saytida e’lon qilingan murojaatda Davlat departamenti 21 sentabr kuni Rossiyada «qisman safarbarlik» e’lon qilingani va ikki fuqarolikka ega bölganlar armiyaga çaqirilib, Ukraina bilan uruşga yuborilişi mumkinligini eslatgan.

«Rossiya ikki fuqaroligi bölgan şaxslarni AQŞ fuqaroligini tan olişni rad etişi, ularga AQŞ konsullik yordamini olişdan boş tortişi, Rossiyadan çiqib ketişiga yöl qöymasligi va ikki fuqarolikka ega şaxslarni harbiy xizmatga çaqirişi mumkin», — deyiladi hujjatda. 

Davlat departamenti, şuningdek, Rossiyani tark etiş imkoniyatlari tobora kamayib borayotgani haqida ogohlantirdi. «Rossiyadan boşqa davlatlarga juda çeklangan miqdordagi reyslar mavjud va ular uçun çiptalar keyingi sanalar uçun mavjud bölmasligi mumkin, ammo quruqlikdagi çegaralar hali ham avtomobil va avtobusda kesib ötiş uçun oçiq. Agar siz Rossiyani tark etişni istasangiz, unda mustaqil çoralar körişingiz kerak», dedi Davlat departamenti va AQŞ elçixonasining vatandoşlarga sayohat qilişda yordam beriş qobiliyati yanada çeklanişi mumkinligini tuşuntirdi. 

AQŞ taşqi siyosat idorasi, şuningdek, fuqarolarni Rossiyaga sayohat qilişdan tiyilişga, Rossiyada bölgan amerikaliklarni «har qanday siyosiy yoki ijtimoiy noroziliklardan» qoçişga, xavfsizlik xodimlarini suratga tuşirmaslikka çaqirdi, çunki Rossiya rasmiylari namoyişlarda qatnaşgan AQŞ fuqarolarini avval ham qölga olgan.