27 sentabr, seşanba kuni Politico naşrining AQŞ amaldagi va sobiq beş nafar amaldori sözlariga tayanib xabar berişiça, AQŞ va uning ittifoqçilari razvedka xizmatlari Ukraina hududida ehtimoliy yadroviy zarbaga tayyorgarlikni aniqlaş maqsadida Rossiya ustidan kuzatuvni kuçaytirdi.

«Biz buni diqqat bilan kuzatyapmiz», — deya Rossiya yadroviy kuçlari haqidagi razvedka ma’lumotlariga ega bölgan Oq uy rasmiysi sözlaridan iqtibos keltirgan naşr. Politico suhbatdoşiga köra, kuzatuv havoda, koinotda va kibermakonda amalga oşiriladi. Şu bilan birga, manbalar Rossiya, şubhasiz, Ukrainada strategik emas, balki taktik yadroviy qurollardan (TYaQ) foydalaniş imkoniyatini körib çiqayotgani bilan boğliq qiyinçiliklarga işora qildi. 

Politico suhbatdoşlari tuşuntirişiça, Rossiya samolyotlarining aksariyati nafaqat oddiy raketalar, balki qit’alararo ballistik raketalar kabi strategiklardan köra jang maydonida köproq aniq nişonga oliş foydalanişga möljallangan kiçikroq taktik yadro qurollari bilan jihozlanişi mumkin. 

Strategik raketalar jangovar navbatçilikka qöyilayotgani yoki maşğulotlarga tayyorlanayotgani haqida aniq belgilar mavjud, ammo bu TYaQ   bilan boğliq emas. «Bu şuni anglatadiki, agar Putin va uning qömondonlari özlari dunyo oldindan bilişni istamasa, Rossiya qöşinlari oddiy öq-dorilarni atom bombalariga almaştirganmi yoki yöqmi, Qöşma Ştatlar heç qaçon bila olmasligi mumkin», dedi Politico manbalari. 

AQŞ va uning ittifoqçilari yerdagi rus bölinmalarini kuzatiş uçun tijorat sun’iy yöldoşlaridan foydalanadi. Ötgan hafta AQŞ razvedka samolyotlari Rossiya gipertovuşli raketalarni joylaştirgan Kaliningrad oblastini bir neça bor kuzatdi. 

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan söng, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, hukumat amaldorlari va tarğibotçilar Rossiyaga yadroviy hujum yoki ekzistensial tahdid bölgan taqdirda, Rossiya yadro qurolidan foydalanişi mumkinligini bir neça bor oçiq aytdi. 21 sentabr kuni Putin safarbarlik boşlanişi munosabati bilan xalqqa qilgan murojaatida Rossiya hukumati öz hududlarini himoya qiliş uçun «ixtiyorida bölgan barça vositalarni» işga solişga tayyorligini ta’kidlab, «bu hazil emas»ligini bildirdi.

27 sentabr kuni özini özi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» va «LXR»da, şuningdek, Ukrainaning Xerson va Zaporijjya oblastlari egallab olingan hududlarida Rossiyaga qöşiliş böyiça «referendum» yakunlandi. Ovoz berganlarning aksariyati, rossiyaparast manbalarga köra, öz hududlarini Rossiya tarkibiga kiritişni qöllab-quvvatlagan.