“Davlat boji töğrisida”gi qonunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida röyxatga olingan hamda I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanişda 50 foizlik çegirma qöllanilişi haqidagi qoida mustahkamlanmoqda. Fraksiya a’zolari tomonidan qonun loyihasi qöllab-quvvatlandi.

Yiğilişda deputatlar “Yerosti boyliklari töğrisida”gi qonun loyihasini ham ikkinçi öqişda muhokama qildi.

Qonun loyihasida yerosti boyliklaridan foydalaniş sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari röyxati va ular vakolat doiralari belgilanyapti. Yer qa’ri uçastkalari davlat fondiga yangi “zaxira fondi” tuşunçasi kiritilib, uning mohiyati yoritib berilmoqda.

Hujjat qabul qilinişi töğridan töğri amal qiluvçi qonun yaratilişiga, yerosti boyliklaridan foydalaniş tizimidagi ziddiyatlar bartaraf etilişiga, barça sub’yektlarga nisbatan yer qa’ridan foydalaniş tizimini bir xilda amal qilişiga xizmat qiladi. Deputatlar uşbu hujjatni ma’qulladi.