Özbekiston elçixonasida Ummonning Green Energy kompaniyasi boş menejyeri Alirizo Bazrafşaniy bilan muzokaralar ötkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Green Energy boş menejyeri Özbekiston va Ummon örtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga yetarliça imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.
- Green Energy özining asosiy yönalişi sifatida energetika, xususan, quyoş energiyasidan foydalaniş böyiça istiqbolli loyihalarga konsalting xizmatlarini taklif etadi, - dedi Alirizo Bazrafşaniy. - Şu sababli kompaniya Özbekistonda uşbu yönalişda işga tuşirilişi rejalaştirilayotgan korxonalarga xizmat körsatişga tayyor. Savdo-iqtisodiy va turizm sohasida özaro hamkorlikni yölga qöyiş ikki tomon uçun ham foydali böladi, deb öylayman. Kompaniya Özbekistonda işlab çiqarilayotgan sifatli mahsulotlar Ummon hamda mintaqa boşqa mamlakatlari bozorlariga eksportini taşkil qiliş hamda Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy şaharlarga sayyohlik turlarini taşkil etiş uçun charter havo qatnovlarini yölga qöyişga kömaklaşişi mumkin.
Bölib ötgan muzokaralar yakunida tomonlar muhokama qilingan masalalarni batafsil örganiş va hamkorlik yönalişlarini belgilab oliş maqsadida kelgusida Green Energy vakillarining Özbekistonga amaliy safarini taşkil etişga kelişib oldi.












