Yiğilişda fraksiya a’zolari “Yerosti boyliklari töğrisida”gi qonun loyihasini ikkinçi öqişda körib çiqdi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan yer qa’ri uçastkalaridan foydalanuvçilar uçun minimal talablar aniq va oçiq tarzda keltirib berilmoqda. Yer qa’ri uçastkalaridan foydalaniş tartib-taomillari takomillaştirilyapti.

Geologik jihatdan örganiş ötkazilmagan va kam örganilgan yer qa’ri uçastkalarini xalqaro standartlar asosida bloklar (maydonlar)ga ajratiş tizimi joriy etilmoqda. Bunda yer qa’ridan foydalaniş uçun ruxsatnomalar talabgor murojaatiga muvofiq “birinçi kelgan - birinçi oladi” prinsipi asosida onlayn tarzda berilişi mustahkamlanyapti.

Fraksiya a’zolari tomonidan mazkur hujjat qöllab-quvvatlandi.