Kasanaçiga zarur asbob-uskuna xarid qiliş uçun subsidiya miqdori oşiriladi

Prezident qaroriga köra, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 apreldagi PQ-214-son qarorining 4-bandiga muvofiq, kasanaçiga zarur asbob-uskuna xarid qiliş uçun tadbirkorlik sub’yektlariga ajratiladigan subsidiya miqdori amaldagi bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigaça oşiriladi.

Quyoş va şamol elektr stansiyasi hamda quyoş suv isitiş qurilmalarini 3 yil mobaynida foizsiz bölib-bölib tölagan holda sotib oliş imkoniyati yaratiladi

Prezident farmoni bilan jismoniy şaxslarga Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Tarmoqlararo energiyani tejaş jamğarmasi mablağlari hisobidan respublikada işlab çiqarilgan quyoş va şamol elektr stansiyasi hamda quyoş suv isitiş qurilmalarini 3 yil mobaynida foizsiz bölib-bölib tölagan holda sotib oliş imkoniyati yaratiladi.

Şuningdek, farmonga muvofiq quvvati 5 MVtgaça bölgan gidroelektrstansiyalarda işlab çiqarilgan elektr energiyasi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va davlat tomonidan elektr energiyasini xarid qiluvçi funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan kafolatlangan tarzda sotib olinadi.

Qoraqalpoğistonda işlab çiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qiliş xarajatlarining 70 foizi qoplab beriladi

Prezident farmoniga binoan 2022 yil 1 oktyabrdan 2028 yil 1 yanvarga qadar bölgan davrda Qoraqalpoğiston Respublikasida işlab çiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilişda, şu jumladan eksport qilinadigan mahsulotlarni işlab çiqariş uçun xarid qilingan xomaşyoni respublika böylab taşişda transport xarajatlarining 70 foizi Taşqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantiriş va texnik jihatdan tartibga soliş masalalari böyiça Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan röyxatga asosan Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan qoplab beriladi.

«Insofsiz ijroçilarning yagona reyestri» yuritiladi

Hukumat qaroriga asosan davlat xaridlari böyiça ötkaziladigan elektron savdo va tenderlarda teng raqobat muhitini yaratiş va soliq tölaşdan böyin tovlaş holatlarining oldini oliş maqsadida: