Amaliy taşrif bilan Özbekistonga kelgan Janubiy Koreyaning BNK Kyongnam Bank boşqaruvi raisi Çoy Xong Yong boşçiligidagi delegatsiya a’zolarining Markaziy bank rahbariyati bilan uçraşuvi bölib ötdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
BNK Kyongnam Bank rahbariyati raqamli bank xizmatlariga ixtisoslaşgan şuba bank oçiş orqali Janubiy Koreya bankining Özbekiston moliya bozoridagi iştirokini kengaytiriş rejalari bilan örtoqlaşdi. Markaziy bank vakillari tomonidan Özbekiston amaldagi qonunçiligiga muvofiq bank oçiş tartibi töğrisidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
1970 yilda taşkil topgan BNK Kyongnam Bank AJ BNK Financial Group INC. moliyaviy guruhi tarkibiga kiradi va Koreyadagi eng yirik moliya muassasalaridan biri hisoblanadi. 2021 yil 11 martda BNK Kyongnam Bank Özbekiston Markaziy banki akkreditatsiyasiga asosan mamlakatda öz vakolatxonasini oçgan.











