Prezidentning “Orolböyi havzasida suv resurslarini iqlim özgarişiga mos holda boşqariş” loyihasini Osiyo taraqqiyot banki iştirokida amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Özbekiston va Osiyo taraqqiyot banki örtasida 2022 yil 24 iyunda imzolangan bitimga muvofiq 25 yil muddatga, şu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan 150 mln AQŞ dollari miqdorida qarz ajratilişi nazarda tutilgan.

Loyiha umumiy qiymati 194,9 mln AQŞ dollarini taşkil etadi, şu jumladan Özbekiston hissasi 40,2 mln AQŞ dollari ekvivalentida, şundan 26,6 mln AQŞ dollari respublika budjeti hisobidan QQSni qoplab beriş va bojxona bojidan ozod etiş şaklida böladi.

Osiyo taraqqiyot jamğarmasidan 3 mln AQŞ dollari, Osiyo taraqqiyot banki Yuqori texnologiyalar jamğarmasidan 0,3 mln AQŞ dollari ajratiladi, fermer xöjaliklari uluşi esa 1,38 mln AQŞ dollarini taşkil qiladi.

Loyihani amalga oşiriş davrida (7 yil –2022-2029 yillar) "vaqtinça olib kiriş" bojxona rejimiga rasmiylaştirilgan maxsus texnikalar, mexanizmlar va texnologik uskunalar bojxona bojlari va soliq tölovlaridan şartli ozod etiladi.

Loyiha Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida amalga oşiriladi. Suv xöjaligi vazirligi - loyihani amalga oşiriş, qarz va grant mablağlaridan maqsadli hamda samarali foydalaniş, barça maqsadli körsatkiçlariga erişilişini ta’minlaş yuzasidan mas’ul ijro etuvçi organ hisoblanadi. Loyihani boşqariş va muvofiqlaştiriş funksiyalari Suv xöjaligi vazirligi huzuridagi Suv xöjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oşiriş markaziga yuklanadi. Osiyo taraqqiyot banki qarzini söndiriş, foiz, qarz böyiça komissiya va boşqa tölovlar bilan boğliq xarajatlar Özbekiston budjeti hisobidan amalga oşiriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: "Orolböyi havzasida suv resurslarini iqlim özgarişiga mos holda boşqariş" loyihasi asosiy texnik-iqtisodiy körsatkiçlari, "Jondor" va “Bobotoğ” subloyihasi böyiça; "Orolböyi havzasida suv resurslarini iqlim özgarişiga mos holda boşqariş" loyihasi uçun Osiyo taraqqiyot bankidan jalb etiladigan qarz böyiça asosiy qarzni qaytariş va foizlar tölaş prognoz jadvali.