Slovakiya prezidenti Zuzana Çaputova Finlandiya va Şvetsiyaning NATOga qöşilişi haqidagi kelişuvni imzoladi. «Skandinaviya ikkala davlati ham öz a’zoligi hamda mudofaa salohiyati bilan ittifoqni yanada mustahkamlaydi, şu orqali bizning jamoaviy çidamliligimizni oşiradi. Yangi ittifoqçilarimiz borligidan xursandman», - dedi Çaputova 28 sentabr, çorşanba kuni.
Slovakiya parlamenti köpçilik ovoz bilan NATOni kengaytirişni ma’qulladi. Finlandiyaning kirişi uçun hozir bölgan 143 deputatdan 126 nafari, Şvetsiyaning kirişi uçun 144 nafar deputatdan 124 nafari ovoz berdi.15 nafar parlamentariy – asosan öng ekstremistik qanot vakillari – har bir jarayonda qarşi ovoz berdi.
Şu tariqa, Slovakiya NATOning sönggi a’zolaridan biri sifatida Şvetsiya va Finlandiyaning ittifoqqa qöşilişi töğrisidagi protokollarni ratifikatsiya qildi. Ularning NATOga kirişi uçun barça 30 ta iştirokçi davlatning roziligi kerak. Ilgari arizalar AQŞ, Germaniya, Fransiya va NATOning 20 dan ortiq davlatlari rasmiylari tomonidan ma’qullangan. Finlandiya prezidenti avgust oyida protokollarni ratifikatsiya qiliş «kutilganidan ham tezroq» bölganini tan oldi.
Har ikki davlat ham önlab yillar davomida harbiy ittifoqqa kirmagan, biroq Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin şunday qarorga keldi. Turkiyaning pozitsiyasi Finlandiya va Şvetsiyaning NATOga a’zo bölişi yölidagi asosiy tösiqqa aylandi. Bu mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Stokholm va Helsinkini Anqara terrorçi deb hisoblagan kurd qurolli guruhlarini qöllab-quvvatlaşda, şuningdek 2019 yil Suriyada kurdlarga qarşi harbiy operatsiya boşlanganidan söng Turkiyaga mudofaa mahsulotlari yetkazib beriş böyiça sanksiyalar joriy etişda bir neça bor ayblagan.
Iyun oyining oxirida, NATO sammitida tomonlar kelişuvga erişdi va qöşma memorandumni imzoladi, unda Anqara Şvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo böliş intilişini qöllab-quvvatlaşga va’da berdi.












