AQŞning Florida ştatida soatiga 240 kilometr tezlikda qirğoqqa yaqinlaşib, halokatli vayronagarçiliklarga sabab bölgan «Ian» dovuli qurbonlari soni ortib bormoqda. Mahalliy OAV rasmiylarga tayanib, 30 sentabr, juma kuni ertalab kamida 12 kişi halok bölgani haqida xabar berdi. Florida gubernatori Ron DeSantis esa qurbonlar sonini hisoblaşga hali erta ekanligini aytdi. Uning sözlariga köra, yuzlab odamlarning taqdiri hamon qutqaruvçilar yordamiga boğliq.

«Ian» tropik böron darajasiga vaqtinça tuşirilganidan söng, meteorologlar uni yana dovul darajasiga kötarib, «hayot uçun xavfli, halokatli» suv toşqini, şamol va kuçli yoğingarçilik xavfi haqida ogohlantirdilar. 29 sentabr oqşomida «Ian» Janubiy va Şimoliy Karolina ştatlariga yöl oldi. Janubiy Karolinaning butun qirğoqböyi mintaqasi, şuningdek, Jorjiya va Şimoliy Karolina ştatlarining bir qismi uçun böron haqida ogohlantiriş e’lon qilindi. Meteorologlar qirğoqböyidagi hududlarga töğri kelgunga qadar böron yana kuçayişini kutişmoqda.

«Ian» Florida qirğoqlariga 28 sentabr kuni tuşdan keyin yetib keldi. Böron şamollari köp sonli binolarni vayron qildi, daraxtlarni qulatdi va elektr uzatiş liniyalarini buzdi. Ayniqsa, Fort-Mayyers va Neypls şaharlarida kuçli vayronagarçilik yuz berdi. Neyplsda butunboşli mavzelarda suv ostida qolgan. Videokadrlarda butunlay suv bosgan köçalar, ular böylab avtomobillar suzib yurganini köriş mumkin. 2,6 milliondan ortiq odam elektr energiyasiz qoldi.