13:59 / 01.10.2022
7563

Jazeera Airways Kuvaytdan Namanganga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Bugun, 1 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:32 da Kuvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasining samolyoti Namanganga kelib qo‘ndi. 

Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga Al-Kuvayt — Namangan — Al-Kuvayt yangi parvoz yo‘nalishini ochgan Airbus A321 borti an’anaviy tarzda suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.

Muntazam reyslar haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

2021 yil bahoridan beri Jazeera Airways Kuvayt - Toshkent - Kuvayt yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga ikki marta: chorshanba va shanba kunlari charter va muntazam reyslarni amalga oshirib kelmoqda.

Jazeera Airways Kuvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi o‘z terminaliga ega xalqaro aeroportda joylashgan va arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgan.

Top