Vazirlar Mahkamasining “Çarm-poyabzal va möyna mahsulotlarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan kiçik sanoat zonalarini taşkil etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Qoraqalpoğiston vazirlar kengaşi, viloyatlar hokimliklari hamda “Özçarmsanoat” uyuşmasining terini qayta işlaşga, tayyor çarm-poyabzal, möyna mahsulotlarni işlab çiqarişga ixtisoslaşgan KSZ taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Belgilanişiça:
KSZni taşqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlaş uçun 2022-2023 yillarda Özbekiston ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi doirasida mazkur maqsadlar uçun nazarda tutilgan mablağlar hisobidan 90 mlrd söm mablağ ajratiladi;
loyiha-smeta hujjatlariga asosan taşqi infratuzilmani quriş-ta’mirlaş uçun mablağlar yetişmagan loyihalar böyiça ularni quriş-ta’mirlaş bilan boğliq qöşimça xarajatlar, xususan:
elektr energiya va gaz tarmoqlari böyiça - "Hududiy elektr tarmoqlari" va hududiy filiallari hamda "Hududgazta’minot" mablağlari;
içimlik va oqova suv tarmoqlari hamda avtomobil yöllari böyiça - Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar kengaşlari qarorlariga asosan tegişlilik böyiça Qoraqalpoğiston budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlar qöşimça manbalari hisobidan qoplanadi.
Hujjat bilan quyidagilarga ixtisoslaşgan kiçik sanoat zonalarini taşkil etiş közda tutilgan qişloq xöjaligiga möljallanmagan böş hududlar röyxati tasdiqlandi: terini qayta işlaşga; tayyor çarm-poyabzal, möyna va import örnini bosuvçi mahsulotlarni işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Bunda, yangidan taşkil qilinadigan kiçik sanoat zonalari hududida yer maydonlarini ajratiş elektron onlayn-auksion savdolari orqali amalga oşiriladi.












