Özini oqlamagan taşabbus: SSSRda Paxtaçilik vazirligi nega tuzilgan edi?
|18:42 / 02.10.202233 36316 min
1950 yilda SSSRda Paxtaçilik vazirligi taşkil etiladi va Usmon Yusupov unga vazir etib tayinlanadi. Vazirlik zimmasiga Örta Osiyoda paxta hosilini köpaytiriş bilan birga Rossiya, Ukraina va Moldaviyada ham «Oq oltin» yetiştiriş vazifasi qöyiladi. Stalin qöllagani uçun bu işga heç kim e’tiroz bildira olmaydi. 1953 yil Stalin vafot etganidan 10 kun ötib umuman samara bermagan, aksinça paxtakorlar uçun «boşoğriq bölgan» vazirlik tugatiladi.
Azaldan paxta faqat Osiyo va Afrikaning issiq va sersuv joylarida, jumladan Özbekiston hududida yetiştirilgan. Amerika qit’asi kaşf etilgaç, yevropaliklar okean ortida ham paxta yetiştira boşlaydi.
Unumdor yerlar, quldorlikning avj olişi va dengiz orqali boşqa mamlakatlarga yetkazib berişning qulayligi tufayli XIX asr boşlariga kelib AQŞda paxta yetiştiriş juda ommalaşadi.
Yevropada «sanoat inqilobi» boşlanganda köplab sohalar qatori töqimaçilik ham rivojlanadi. Natijada tolaga talab oşadi va Amerikadan Yevropaga paxta olib keliş köpayadi.
1860-1865 yillarda AQŞda sodir bölgan fuqarolar uruşi tufayli Yevropaga paxta kelişi keskin qisqaradi. Oqibatda, nafaqat Yevropada, balki paxta xomaşyosini köhna qit’a orqali oladigan Rossiyada ham paxta tolasi taqçilligi boşlanadi.
Şundan söng Rossiya Örta Osiyoni zabt etişga jiddiy kirişadi va asosiy paxta yetiştiriladigan Qöqon xonligi egallanadi. Xonlik tugatilib, uning hududi Rossiya imperiyasiga qöşib olinadi.
Oradan biroz ötib Örta Osiyoga Çor Rossiyasidan savdogarlar kelib, mahalliy aholidan paxta tolasini xarid qilib, Rossiyaga jönata boşlaydi.
Paxtaga talab oşgan sayin mahalliy dehqonlar uni köproq eka boşlaşadi. Bu orada Rossiyadan paxta tozalovçi ilk dastgohlar olib kelinadi.
Tarixdan ma’lumki, Çor Rossiyasi Qöqon xonligini bosib olib, Xiva xonligi va Buxoro amirligini vassalga aylantirganda mulk daxlsizligiga aralaşmaydi.
Şu sababli, Örta Osiyoda paxta yetiştiriş majburlaş bilan emas, bozorda paxtaga talab ortgani tufayli köpayib boraveradi. Şu tariqa paxta XIX asr oxiri, XX asr boşlarida Örta Osiyoda yetiştiriladigan asosiy ekin maqomini oladi.
Rossiyada Oktyabr töntarişi, SSSRning tuzilişi, undan keyin kollektivlaştiriş– bu davrlarda sovet ittifoqi tarkibiga kiritilgan Örta Osiyo respublikalarida paxta yetiştiriş talabga qarab oşirib borilaveradi.
Mavzuga oid
Ammo ikkinçi jahon uruşidan söng vaziyat biroz özgaradi. Endi SSSRda dehqonlardan paxta yetiştirişni keskin köpaytiriş talab qilina boşlanadi. Bundan taşqari, 1950 yilda SSSRda Paxtaçilik vazirligi tuzilib, Rossiya, Ukraina hamda Moldaviya janubida paxta yetiştirib köriladi.
Öşanda Rossiya, Ukraina va Moldaviyada paxta yetiştiriş rejasini Stalinga Usmon Yusupov bildirgan deyişadi. Yangi taşkil etilgan Paxtaçilik vazirligiga Usmon Yusupovning vazir etib tayinlanişi bu gaplarda jon borligiga işora qiladi.
Foto: mytashkent.uz
Paxtaçilik vazirligi
Rasmiy ma’lumotlarga köra, 1950 yil 5 aprel kuni SSSRda Paxtaçilik vazirligi tuziladi va öşa kuni Usmon Yusupov uning vaziri etib tayinlanadi.
Taniqli özbek diplomati Nuriddin Muhitdinov özining «Usmon Yusupov» asarida SSSRda paxtaçilik vazirligining tuzilişi bilan boğliq voqea-hodisalarni ham eslab ötgan.
Uning yozişiça, 1949 yilda Özbekistonga S.Ignatev boşçiligidagi vakillar kelişadi. 20 kişidan iborat guruh Özbekistondagi vaziyatni örgana boşlaydi. Bir yillik tekşiruvlardan keyin 1950 yil aprel oyida Özbekiston Kompartiyasi Markaziy qömitasi yiğilişi ötkaziladi.
Yiğilişda Özbekistondagi uçta asosiy lavozim – Kompartiya Markaziy Qömitasi birinçi kotibi, Oliy Kengaş Prezidiumi raisi va Vazirlar kengaşi raisi lavozimiga yangi odamlar tayinlanadi.
Jumladan, Usmon Yusupov Markaziy qömita birinçi kotibi lavozimidan olinib, örniga Amin Niyozov tayinlanadi. A.Abdurahmonov Vazirlar kengaşi raisi lavozimidan böşatilib, örniga Abdurazzoq Mavlonov tayinlanadi (Bir yildan keyin bu lavozimga Nuriddin Muhitdinov tayinlangan). Şuningdek Özbekiston SSSR Oliy Kengaşi prezidiumi raisligiga Şarof Raşidov tayinlanadi.
Usmon Yusupov Özbekiston Kompartiyasi birinçi kotibi (Özbekiston rahbari) etib 1937 yilda 36 yoşida tayinlangan. U lavozimidan ozod qilingunça Özbekistonni 13 yil boşqargandi.
Foto: wikipedia.org
Muhitdinovning eslaşiça, aprel yiğilişidan keyin işsiz qolgan Usmon Yusupov Stalinning qabuliga kiradi. «Xalqlar dohiysi» unga SSSRda paxtaçilikni yanada rivojlantiriş lozimligini aytadi.
«Özbekiston Kompartiyasi Markaziy Qömitasining aprel (1950 yil) Plenumidan keyin Usmon Yusupovni I.V.Stalin qabul qildi. Şu suhbatdan keyin SSSR paxtaçilik vazirligi taşkil qilinib, u vazir etib tayinlandi. Moskvada yaxşi bir binoni berişdi, paxtaçilik va suğoriş böyiça eng tajribali mutaxassislar asosan Özbekistondan borişib, şu vazirlikning mas’ul xodimlari bölişdi», deydi Muhitdinov.
Paxtaçilik vazirligining vazifalari va samarasiz urinişlar
Yangi taşkil etilgan vazirlik oldiga mamlakatning harbiy-strategik qudratini kuçaytirişda asqotadigan va mamlakatga valuta olib keladigan paxta hosili köpaytiriş, bu uçun boşqa ittifoqdoş respublikalar hisobidan paxta maydonlarini köpaytiriş topşiriği beriladi.
«Usmon Yusupov yangi işga unga xos bölgan ğayrat-şijoat, qat’iyat bilan kirişdi. Mamlakatda paxta işlab çiqariş birmunça köpaydi. Lekin afsuski, vazirlik faoliyatida ayrim muvaffaqiyatsizliklar ham yuz berdi. Yuqori doiralarda, nima uçun paxta böyiça vazirlik bor-ku, göşt, ğalla, sut, lavlagi va boşqalar böyiça vazirliklar yöq deb bir-biriga hazil qilişardi», deb yozadi Muhitdinov.
Şundan söng Usmon Yusupov SSSR rahbariyatiga Rossiya, Ukraina va Moldaviyaning janubiy viloyatlarida paxta yetiştirişni yölga qöyiş haqida taklif bildiradi. Ammo ungaça Paxtaçilik vaziri sifatida Usmon Yusupov SSSR vazirlar kengaşining 1949 yil fevral oyida qabul qilingan «Kolxoz va sovxozlarda paxta yetiştirişni köpaytiriş haqida»gi qaroriga asosan yuqorida nomlari keltirilgan uçta respublikada allaqaçon paxta yetiştirişni boşlab yuborgan edi.
Muhitdinovning yozişiça, SSSR Vazirlar Kengaşi bu taklifga ijobiy qaraydi va 1952 yil 19 fevralda RSFSR, Ukraina SSR va Moldaviya SSRning bir qator viloyatlarida paxta yetiştiriş töğrisida qaror qabul qiladi.
Qarorda:
Stavropol ölkasida — 92 500 gektar,
Krasnodar ölkasida— 172 500 gektar
Grozniy viloyatida — 36 600 gektar
Doğiston ASSRda — 28 500 gektar
Şimoliy Osetiya ASSRda — 5 000 gektar
Kabardin ASSRda — 8 000 gektar
Rostov viloyatida — 85 000 gektar
Qrim viloyatida — 30 900 gektar
Stalingrad viloyatida — 25 000 gektar
Astraxan viloyatida — 10.000 gektar (yuqoridagi hududlar RSFSR tarkibida edi)
Ukraina SSRda — 443 000 gektar
Moldaviya SSRda — 5 000 gektar yerda paxta yetiştirilişi belgilangan edi.
Ukrain ayollari paxta terimida / Foto: kommersant.ru
Öşanda SSSR Vazirlar Kengaşining bu qaroriga paxta yetiştirilişi belgilangan aksariyat mintaqalarning rahbarlari e’tiroz bildiradi. Ular özlari rahbarlik qilayotgan hududlarda paxta yetiştirişning iloji yöq deb hisoblaşadi.
Bu masalada ular haq edi – paxta yetiştiriş uçun issiq ob-havo va uzoq davom etadigan quyoşli kunlar bölişi talab qilinardi. Öşa paytda e’tirozlar mamlakatni juda qattiqqöllik bilan boşqarayotgan Stalingaça yetib bormaydi va qarorda belgilangan hududlarda paxta ekiladi.
Ammo noqulay va salqin ob-havo tufayli möljallangan hosilning yarmi ham olinmaydi. Şundan söng Paxtaçilik vaziri sifatida Usmon Yusupov Kremldagi rahbarlarning örinli tanqidiga uçraydi.
«Keyin ma’lum bölişiça, bu masala hal etilayotganda jumhuriyatlarning e’tirozlari hisobga olinmagan ekan. Bu zonalar uçun mos keladigan paxta navlarining yöqligi joylarda yaxşi şart-şaroit yaratilmaganligi va moddiy-texnika ta’minotidagi uzilişlar murakkab holatni yuzaga keltirdi. Ilgari ğalla, kartoşka, qand lavlagi va boşqa ekinlar ekib, möl hosil yetiştirib kelingan maydonlar paxta bilan band qilingaç, hatto eng oz miqdorda ham hosil ololmadilar. Natijada jamoa va davlat xöjaliklari, Mslar katta iqtisodiy zarar körişdi. Şundan keyin SSSR Vazirlar Kengaşi yil yakuni böyiça bu zonalarda paxta ekişni taqiqladi va bu ahvolga vazir örtoq Yusupovning e’tiborini qaratib, uning xatti-harakatlarini aççiq iboralar bilan ta’rifladi», deb eslaydi Muhitdinov.
Vazirlik va ittifoqdoş respublikalar örtasidagi kelişmovçiliklar
Muhitdinovning yozişiça, Paxtaçilik vazirligi va paxta yetiştiruvçi Örta Osiyo respublikalari örtasidagi munosabatlarda ham nosoğlom muhit şakllanadi.
Paxtaçilik vazirligi taşkil etilgunça har bir respublikaning Qişloq xöjaligi vazirligi paxta yetiştirişga mas’ul bölgan. Paxta yetiştiruvçi respublikalarda tuproq unumdorligi, suv masalasi, ob-havo şaroiti turliça bölgan va hamma öz işini bilib qilgan.
Ular paxta ekişdan tortib unga işlov berişgaça bölgan turli jarayonlarda özlarining şaroitlaridan kelib çiqib mustaqil qaror qabul qilişgan.
Vazirlik taşkil etilgaç turli respublikalardagi farqlar omilini çetga surib qöyadi va hammadan bir xil narsani talab qila boşlaydi. Oqibatda vazirlik va respublika rahbarlari örtasida kelişmovçiliklar yuzaga keladi.
Masalan, öşa paytda Tojikiston rahbari bölgan Bobojon Ğofurov 1952 yilda aynan Usmon Yusupov bu respublikada çigitni 45 santimetrli tor jöyaga ekişga ruxsat bermagani uçun şaxsan Stalinning öziga ikki marta maktub bilan murojaat qiladi. Şundan söng tojikistonliklarga paxtani tor jöyalarga ekişga ruxsat beriladi.
Bundan taşqari, garçi Usmon Yusupov Özbekistondan yetişib çiqqan rahbar bölsa-da vazir bölganida bu respublika rahbarlarini ham ayamaydi. Özbekistonlik paxtakorlarning paxta yetiştirişdagi tajribasi bilan hisoblaşmaydi.
1951 yilning kuzida ob-havo past keladi. Tinmay yomğir yoğib, paxtaning oçilişi keçikadi va yiğim-terim işlari qiyinlaşadi. Oqibatda, Paxtaçilik vazirligini hosil taqdiri taşvişlantira boşlaydi.
Öşa yili 5 dekabrgaça Özbekiston paxta rejasini 87,1 foizga bajaradi xolos. Şundan söng SSSR Vazirlar kengaşi qarori bilan Paxta tayyorlaş davlat rejasini bajarişda sustkaşlikka yöl qöygani uçun Özbekiston Kompartiyasi Markaziy Qömitasining birinçi kotibi Niyozovga va Özbekiston SSR Vazirlar Kengaşi raisi Nuriddin Muhitdinovga hayfsan e’lon qilinadi.
«Şaxsan men juda iztirob çekdim: axir bu hayotimda birinçi marta jazolanişim edi, yana kimsan — Stalin jazolagan. Buning ustiga Vazirlar Kengaşi Raisi bölib işlayotganimga endigina yetti oy bölgan bölsa (bu lavozimga 1951 yil 11 aprelda tayinlangan edim). Ertasi kuni SSSR Vazirlar Kengaşi Raisining örinbosari V. Malişevga qönğiroq qildim, biz u bilan döstona munosabatda edik. U meni tinglab, heç gapdan xabari yöqligini aytdi va şu zahoti boşqa telefon bilan kimgadir qönğiroq qildi. Keyin bu qaror, paxta böyiça qabul qilingan boşqa qarorlar ham, SSSR paxtaçilik vazirligi tomonidan kiritilganligini ma’lum qildi. Ikki oydan keyin Stalinning özi A. Niyozovga va menga berilgan jazoni olib taşladi. Usmon Yusupovning xatti-harakatlaridan norozi ekanligini izhor qildi. Malenkov va Beriyaga ham gap tegdi», deb eslaydi Muhitdinov.
Usmon Yusupov va Nikita Xruşev örtasidagi kelişmovçiliklar
Nuriddin Muhitdinovga köra, 1944 yildan boşlab Ukrainaga rahbarlik qila boşlagan Xruşev va Usmon Yusupovning özaro aloqalari 1947 yilda Stalin iştirokida ötkazilgan yiğilişdan söng yomonlaşgan.
Öşa yiğilişda Xruşev Ukrainani rivojlantiriş böyiça hisobot berayotganida Stalinning tanqidiga uçraydi. Şundan keyin sözga çiqqan Usmon Yusupov ham öziga tegişli masalalar qolib ketib, Xruşevga e’tiroz bildiradi. Uning gaplari Stalinga ma’qul kelib, u Usmon Yusupovni maqtaydi va Xruşevni yana koyiydi. Şundan söng Xruşev Usmon Yusupovni yoqtirmay qoladi.
Usmon Yusupov va Xruşev örtasida ikkinçi kelişmovçilik 1952 yil bahorida sodir böladi. 1950-1951 yillarda Usmon Yusupov Paxtaçilik vaziri sifatida Ukrainaning janubiy viloyatlariga paxta ektiradi va bu iş muvaffaqiyatsizlikka uçraydi.
«Xruşçev bu işning (Ukrainada paxta ekilişining – muallif izohi) yakunini Stalinga ma’lum qilib, köpgina jamoa va davlat xöjaliklari vayron bölganligi, yerlarning unumdorligi pasayib ketganligi, asrlar mobaynida yetiştirilgan yuksak hosilli don va texnik ekinlarni işlab çiqariş keskin kamayganligi, dehqonlarning moddiy farovonligi yomonlaşganligi va boşqa xunuk oqibatlari haqida gapirgan. Şundan keyin Stalin özining ilgarigi qarorini beqor qilib, bu zonalarda paxta ekişni taqiqladi va paxtaçilik vazirligiga qattiq tanbeh berdi», deb yozadi Muhitdinov.
Agar tarixga nazar taşlansa, Ukrainada 1930-yillarda ham paxta yetiştirişga urinişlar bölgan. Öşa paytlarda Özbekistondan «boy-quloq» qilingan oilalar Ukrainaga surgun qilinib, ular yordamida bu respublikada ham paxta yetiştirib körişgan. Ammo salqin ob-havo, quyoşli kunlarning kam bölişi bunga yöl qöymagan. Xruşev buni yaxşi bilar edi.
SSSRda Paxtaçilik vazirligi taşkil etilgandan söng eski xatolardan xulosa çiqarilmagan holda yana Ukrainada paxta yetiştiriş rejalaştirilişi garçi bu paytga kelib Moskva viloyati kompartiyasi birinçi kotibi bölib işlayotgan bölsa-da Xruşevning jahlini çiqargan edi.
U avvaliga Usmon Yusupovning Ukrainada paxta yetiştiriş haqidagi rejalariga e’tiroz bildirmaydi. Çunki bu taşabbusni kimsan, Stalinning özi qöllab-quvvatlagan. Ammo Ukraina, Rossiya va Moldaviyada paxta yetiştiriş muvaffaqiyatsizlikka uçragaç u Stalinga bu iş ortidan yuqoridagi respublikalarda köplab kolxozlar juda katta zarar körganini aniq raqamlar bilan bildiradi. Şundan söng Stalin Ukraina, Rossiya va Moldaviyada paxta yetiştirişni taqiqlaydi.
SSSR Paxtaçilik vazirligi qariyb uç yil faoliyat körsatadi va özidan kutilgan natijani bera olmaydi. Qaytaga vazirlik Örta Osiyodagi paxta yetiştiruvçilarning işiga xalal beradi. Ammo Stalin tirikligida bu haqda heç kim gapira olmasdi.
1953 yil 5 mart kuni Stalin vafot etadi. Oradan 10 kun ötib SSSR Paxtaçilik vazirligi tugatiladi. Usmon Yusupov yana işsiz qoladi.
1953 yil may oyida Nuriddin Muhitdinov işdan böşatiladi va uning örniga Usmon Yusupov Özbekiston SSR Ministrlar soveti raisi lavozimiga tayinlanadi.
Nuriddin Muhitdinov öşa paytda işdan böşaşi va örniga Usmon Yusupovning tayinlanişi Beriyaning buyruği bilan amalga oşirilganini keltiradi.
Xruşev Kremlda muqim örnaşib olganidan söng 1954 yil dekabr oyida Usmon Yusupovni Özbekiston Vazirlar kengaşi raisi lavozimidan böşatadi. Nuriddin Muhitdinov yana öz örniga qaytariladi.
Eski alamlarni unutmagan sovet rahbari bu bilan çeklanmay, uzoq yillar Özbekiston rahbari bölib işlagan, SSSRdagi vazirliklardan birini boşqargan şaxsni Toşkent viloyatining Boyovut tumanidagi qoloq sovxozlardan biriga «surgun» qiladi.
Usmon Yusupov uzoq yillar ana şu sovxozni boşqarib, 1966 yilda, 65 yoşida kasallikdan vafot etadi.
Ukrainada paxta yetiştiriş samara bermaganidan keyin SSSR rahbariyati paxta yetiştiriş uçun qulay mintaqa bölgan Örta Osiyoda çöllarni özlaştiriş va paxta yetiştirişni köpaytiriş işlariga katta e’tibor qarata boşladi.
Mintaqadagi çöllar özlaştirildi. Ularga suv yetkazib beriş uçun köplab kanallar qazildi, suv omborlar qurildi. 1960-yillardan boşlab Moskva tomonidan Örta Osiyo respublikalariga, jumladan Özbekistonga paxta yetiştiriş rejasi misli körilmagan darajada oşirila boşlanadi. Bu haqda keyingi maqolada...