Bolgariyada bölib ötgan parlament saylovlarida, dastlabki prognozlarga köra, sobiq boş vazir Boyko Borisovning «Bolgariyaning Yevropa taraqqiyoti uçun fuqarolar» (BeTF) konservativ partiyasi yetakçilik qilmoqda. 2 oktyabr, yakşanba kuni bölib ötgan ovoz beriş natijalari böyiça sörov natijalariga köra, Borisov partiyasi 24,6 foizdan 25,5 foizgaça ovoz töplamoqda.

Joriy yil avgustiga qadar hukumatni boşqargan Kiril Petkovning «Özgarişlarni davom ettiramiz» (ÖDE) liberal harakati uçun saylovçilarning 18,9 foizdan 19,9 foizigaça ovoz berdi.

Ekspertlarning fikriça, koalitsiya muzokaralari qiyin keçişi mumkin. 2017 yilning 4 mayidan 2021 yilning 12 mayigaça Bolgariya boş vaziri bölgan Borisov ommaviy norozilik namoyişlari ortidan iste’foga çiqişga majbur böldi.

Bolgariyada bir yarim yil içida ketma-ket törtinçi parlament saylovlari ötkazildi. Petkov hukumati olti oylik hokimiyatdan söng iyun oyida tört partiyadan biri koalitsiyani tark etgani va ozçilik hukumatiga işonçsizlik votumi qabul qilinganidan söng qulagan edi. Saylov kampaniyasining eng muhim mavzulari Ukrainadagi uruş va gaz ta’minotidagi noaniq vaziyat böldi.