Latviyada parlament saylovlarida boş vazir Krişyanis Karinşning hukmron liberal-konservativ «Yangi birlik» partiyasi ğalaba qozondi. Riga saylov komissiyasi 2 oktyabr, yakşanba kuni ertalab saylov uçastkalarining qariyb 95 foizida byulletenlarni sanab bölgaç, bu partiya nomzodlari 18,9 foiz ovoz töplaganini ma’lum qildi.

«Yangi birlik» xuddi Germaniya Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) vakillari kabi Yevroparlamentdagi Yevropa xalq partiyasi fraksiyasining bir qismidir.Latviyada bölib ötgan saylovlar Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi va latviyaliklarning energiya narxlari kötarilişidan xavotirlanişi fonida bölib ötdi.

Ikkinçi örinni muxolifatdagi «Yaşillar va dehqonlar ittifoqi» bloki (12,8 foiz ovoz), uçinçi örinni esa yangi «Qöşma röyxat» bloki egalladi. Karinşning ittifoqçilaridan faqat konservativ «Milliy uyuşma» (9,3 foiz) parlamentga kirdi. «Konservatorlar» minimal çegaradan ança kam ovoz oldi, «Taraqqiyot uçun!» liberal partiyasi esa 5 foizlik tösiqdan zörğa ötdi.

Rusiyzabon latviyaliklar orasida maşhur bölgan «Rozilik» partiyasining beş foizlik tösiqdan ötişiga 0,2 foiz ovoz yetişmadi. Uning tarafdorlari qolgan byulletenlarni sanab çiqiş natijalariga köra, parlamentga nomzod bölişi mumkinligiga hamon umid qilmoqda.

Umuman olganda, Latviya Seymiga sakkizta partiya kiryapti.