Sud materiallari asosida tayyorlangan uşbu maqolada barça ism-familiyalar özgartirib berilmoqda. Qaniydi, ismlarni özgartirgandek taqdirlarni ham özgartirib bölsa...
Birinçi qadam
Dars tugab, tanaffusga qönğiroq çalingaç, 8-sinfning öyinqaroq öquvçilari taşqariga oşiqdi. Lola esa heç qayoqqa şoşilmasdi. Sinfdoşi Sabinaning çizmaçilik fanida işlatadigan heç kimda yöq öquv qurollari jamlanmasini öziniki qiliş istagi xayolini band etgan. Mana, u kutgan qulay imkoniyat, sinfda özidan boşqa heç kim yöq.
Sinfdoşining sumkasini kavlab, öquv qurollarini izlar ekan, yuragi tez-tez urib, qöllari titray boşladi. Kimdir uni kuzatib turgandek tuyuldi. Qörqa-pisa eşik tomonga ögirilar ekan, heç kim yöqligini körib harakatni jadallaştirdi. Izlagan narsasini topib, sumkasiga soldi. Közlari olazarak qiz işni bajarib bölgaç, çuqur nafas olarkan qöllari hamon titrayotganini sezdi. Ammo ğişt qolipdan köçib bölgan, voqeaning davomi uni xavotirga solayotgandi.
Maktab hovlisi şovqin-suron, barça sinfdoşlari bolalikning beğubor osmonida kezib öynaşmoqda, sinfxonada yolğiz qolgan Lola esa juftakni rostlaş payida. Kiriş qönğiroği çalindi. 4-soat — çizmaçilik fani. Ketmasa, öğriligi foş bölişi mumkin...
Uyiga yetib kelganida ham kimdir kuzatib turgandek tuyildi. Hozir sinfdoşi onasi bilan kelib yoqasidan oladigandek bölaverdi. Tuşgaça sodir bölişi kutilgan janjalga tayyor turdi. Öquv qurollari jamlanmasini ham yaşirib qöydi. Xayolan özini oqlaş uçun turli bahonalar izladi.
Ammo... u kutgan hodisa sodir bölmadi. «Heç kim bilmadi», deya quvondi. Buyumlarni yaşirib qöygan joyidan olib tomoşa qildi. Barça qörquv ötdi, endi xavotirga örin yöq.
Biroq u bilmasdiki, sinfdoşlari öğrilik sodir bölganini sezişgan va hammaning gumoni — dars tugamay uyga ketib qolgan, tengdoşlariga qöşilmay, özidan kiçkinalarni qörqitib, gapini ötkazadigan Loladan edi.
Sabina uyiga yiğlab keldi. Bölgan voqeani va gumonini aytdi. Onasi öşa qizning uyiga bormoqçi böldi, biroq buvisi «qöying, talaşib yurasizmi, undan köra boşqasini olib bera qoling», deya kelinini şaştidan qaytardi.
Ertasi kuni Sabina heç nima demasa-da, uning nigohida «ana, öğri kelyapti, narsalaringga ehtiyot bölinglar», degan ma’no mujassam edi. Sinfdoşlariga e’tibor ham bermaydigan qiz negadir barçaga bir-bir qarab çiqdi. Yonidan ötib ketayotgan sinfdoşlari xuddi «sen öğrisan, olgan narsangni qaytar», deyayotgandek tuyular, himoyaga tayyorlanib turgan Lola Nuriddinovaning esa har safar gapi içida qolar, şu lahzada iç-içidan puşaymon edi. Aynan öğrilik ustida qölga tuşirmagani uçun ham heç kim aybini yuziga ayta olmadi. Andişani qörqoqlikka yöygan qizaloqning ongida yana şunday iş qilsam böladi, menga heç kim, heç narsa demadi-ku, degan öy paydo böldi. Jazolanmay qolgan kiçik öğrilik yanada kattaroqlariga yöl oçdi.












