Samarqandni rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish, yangi infratuzilma obektlarini qurishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ham hissasi salmoqli bo‘ldi.
Ishonchli telefon va uyali aloqasi, tezkor internet bilan ta’minlash bo‘yicha mas’uliyatli vazifani O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan mobil aloqa operatorlar, shu jumladan, «COSCOM» OAJ (Ucell savdo belgisi) bajardi.

Umuman olganda, Ucell tomonidan Samarqand viloyati hududida 2022 yilning 9 oyi mobaynida 2G, 3G, 4G LTE formatida aloqani ta’minlovchi 325 ta obekt ishga tushirilgan ekan.
Bularning orasida eng zamonaviy 5G — beshinchi avlod aloqa standartining 20ta obekti ishga tushirilganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. .
Hozir 5G aloqa standarti Samarqanddagi uchta hududda — «Samarqand» xalqaro aeroporti, Silk Road Samarkand turistik markazi va Samarqand shahrining markaziy tarixiy qismlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Samarqandning kirish darvozasi — yangi barpo etilgan xalqaro aeroport hududini ham ichkaridan, ham tashqaridan to‘liq qoplashni ta’minlash uchun bitta tashqi tayanch stansiya qurish va ichkarida butun bir kompleks barpo etishga qaror qilindi.

Ayni paytda tashqi tayanch stansiya aeroport yaqin-atrofidagi hudud (avtoturargohlar, kirishdagi yo‘llar, aeroportning tashqi hududi, shuningdek, aeroport ortidagi zaxira hudud)ni 2G/3G/4G aloqa bilan ta’minlaydi.
Aeroport ichki kompleksining barcha terminal qavatlari, xususan, yerto‘la hududi esa 3G/4G/5G aloqa bilan ta’minlangan.
Silk Road Samarkand turistik markazi
Samarqand turistik markazi obektlarini qurish bosqichidayoq, sifatli va muntazam aloqani ta’minlash uchun suv uzatish minorasida tayanch stansiya o‘rnatildi.

«Ucell-Samarqand» hududiy bo‘limi direktori Emil Kurtnazarovning tushuntirishicha, keyinroq, turistik markaz perimetri bo‘ylab to‘rtta yangi tayanch stansiyalari qurilgan.





















