Moskvalik Aleksey IT sohasida işlaydi, safarbarlik boşlangaç, iş beruvçi kompaniya unga ijaraga olingan çarterda Armanistonga uçib ketişni taklif qilgan.

«Kompaniya uçun bu yangilik emas edi, çunki 24 fevralda, uruş boşlanganda ham ular tezda qaror qilib, Yerevanga uçib ketgan edi», – deydi Aleksey.

Parvoz 28 oktyabrga belgilanadi. Aleksey çipta narxini bilmaydi, çunki işçilar uçun uçiş bepul edi. U bu sanani kutmaslikka qaror qiladi. Rossiya çegarasi yopilişi mumkinligi haqidagi xabarlar sabab Aleksey safarbarlik e’lon qilinganidan bir neça kun ötiboq Belarusga ketadi.

Alekseyning aytişiça, charter reys kompaniya ofisi joylaşgan biznes markazga «politsiya va harbiy komissarlar» kelganidan keyin bekor qilingan. Endilikda iş beruvçi öz jamoasiga mamlakatni tark etiş uçun individual yordam taklif qilmoqda.

Bu rossiyaliklar mamlakatni tark etiş uçun şaxsiy samolyotlardan foydalanişga uringaniga bir misol. Talab, nafaqat, kompaniyalardan biznes-jyet samolyotlarni ijaraga olişda, balki boşqa xizmatlarda ham ösdi: masalan, bir kişi yoki guruh uçun butun samolyotni ijaraga oliş, şuningdek, jyet şaring yoki şaxsiy samolyotdan örindiq xarid qiliş kabi.

«Qisman safarbarlik e’lon qilingan kunning ertasigayoq samolyotlarni ijaraga oliş böyiça talab keskin oşdi», – deydi Flight Way kompaniyasi boş direktori Eduard Simonov. Uşbu kompaniya biznes-jyetlarda charter reyslarini taşkil qiliş bilan şuğullanadi.

«Murojaatlarning aksariyati avval şaxsiy samolyotlardan foydalanmagan, ammo hozir imkon qadar tezroq uçib ketişni xohlaydigan odamlardan kelyapti. Biroq potensial mijozlar köpinça narxlardan qörqib ketadi – hamma ham şartnoma imzolaş va parvozgaça yetib bormaydi», – deydi Simonov.

Butun samolyotni ijaraga oliş narxi masofa va marşrutga boğliq. BBC bilan muloqot qilgan kompaniyalarga köra, bir parvoz narxi 4,5 dan 10-15 million rublgaça bölişi mumkin. Xususiy samolyotdagi örindiqlarni «bölişiş» esa, masalan Turkiya yoki Armanistonga parvozlar uçun (bu ikki mamlakat safarbarlikdan keyin eng asosiy yönalişlarga aylandi) 14 mingdan 25 ming yevrogaça (1-1,5 million rubl) baholanadi.

«Moskvadan Yerevan yoki Istanbulga uçuvçi butun bir samolyot ijarasi narxi yölovçilar soni, samolyot turi va uning aniq uçiş sanasiga qarab 5-13 million rublni taşkil qiladi. Va, albatta, ilgari heç qaçon biznes-jyet samolyotlarda uçmagan odamlar bunday narxni körganda, ularda samolyotni ijaraga oliş istagi tezda yöqoladi. Odamlarda odatiy vahima va qörquv bor», – deya yozadi Simonov.