Mukofot hakamlar hay’ati fransuz yozuvçisining «şaxsiy xotiraning begonalaşuvi va jamoaviy çeklovlarini» oçib bergan «jasorat va idroki»ni alohida ta’kidladi.

Fransuz yozuvçisi Anni Erno 2022 yilgi adabiyot böyiça Nobel mukofotiga sazovor böldi. Şvetsiya akademiyasi a’zolarining bu qarori 6 oktyabr, payşanba kuni e’lon qilindi.

Mukofot hakamlar hay’ati Arnoning «şaxsiy xotira ildizlari, begonalaşuvi va jamoaviy çeklovlarini oçib beradigan jasorati va idroki»ni ajratib körsatdi. 

2021 yilda mukofot Tanzaniyada tuğilgan nosir Abdulrazzoq Gurnega, 2020 yilda esa amerikalik şoir Luiza Glyukka berildi. 2019 yilda mukofot birdaniga ikkita laureatga topşirildi: 2018 yil uçun polşalik yozuvçi Olga Tokarçuk, 2019 yil uçun avstriyalik Peter Xandke mukofotni oldi. Bunga 2018 yilda Şvetsiya akademiyasida #MeToo-mojarosi tufayli adabiyot mukofoti berilmagani sabab bölgan. 

2017 yilda asli yaponiyalik bölgan britaniyalik yozuvçi Kadzuo Işiguro mukofot laureati böldi. 2016 yilda amerikalik musiqaçi Bob Dilan, undan bir yil oldin belaruslik yozuvçi Svetlana Aleksiyeviç mukofotga sazovor böldi. 1901 yildan 2021 yilgaça adabiyot böyiça Nobel mukofotini jami 118 kişi qölga kiritgan, ulardan 16 nafari ayollardir. 

7 oktabr kuni Osloda tinçlik böyiça Nobel mukofoti sovrindori nomi e’lon qilinadi. 10 oktyabr kuni Stokholmda iqtisod sohasidagi mukofotni topşiriş qarori e’lon qilinadi. 2022 yilda mukofotlar miqdori 10 million şved kronasini (921 ming yevro hisobida) taşkil etadi. Oltita Nobel mukofotining barça ğoliblarini mukofotlaş an’anaga köra 10 dekabr - Alfred Nobel vafot etgan kuni bölib ötadi.