Ispaniyaning La Korunya şahrida Palexco körgazma va kongress saroyida 5 oktyabr, çorşanba kuni XXV Germaniya-Ispaniya sammiti bölib ötdi. Unda Germaniya kansleri Olaf Şols va Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes, şuningdek, Germaniya va Ispaniya mudofaa vazirlari Kristin Lambrext hamda Margarita Robles doxil 15 nafar vazir iştirok etdi. Bu Berlin va Madrid örtasidagi töqqiz yil içida birinçi hukumatlararo maslahatlaşuvlar böldi.
Sammitda mudofaa sohasi va Ukrainadagi vaziyat, iqtisodiy aloqalar va energiya xavfsizligi masalalari, fan va ta’lim sohasidagi özaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş böyiça qator şartnomalar imzolandi. Uçraşuvdan söng ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida tomonlar ikki davlat örtasidagi munosabatlar «eng yuqori darajada» ekanini ta’kidladi.
Matbuot anjumanida Şols va Sançes Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini «xalqaro huquqning qöpol buzilişi» sifatida keskin qoraladi. Ular agressiyaga uçragan mamlakatning hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlaşlarini hamda Kiyevga harbiy yordam körsatişni davom ettiriş niyatida ekanliklarini e’lon qildilar. Sançes, şuningdek, «bosqin paytida uruş jinoyatlarini sodir etgan Rossiya fuqarolari xalqaro tribunalga tortilişiga» işonç bildirdi.
Tomonlar, şuningdek, «Rossiyaning harakatlari tufayli Yevropa qit’asidagi vaziyat yomonlaşuvi»ni inobatga olgan holda, «Yevropa ittifoqining mudofaa qobiliyatini mustahkamlaşga hissa qöşişga va qurol işlab çiqariş sohasida hamkorlikni kuçaytirişga» va’da berdi. Uçraşuv arafasida ispan matbuoti diplomatik manbalarga tayanib, gap Ispaniyaning GFR taşabbusi bilan boşlangan Yevropa raketalarga qarşi qalqoni (European Skyshield) loyihasidagi iştiroki haqida ketayotganini bildirdi. Qayd etilişiça, bu masala allaqaçon quyi darajadagi Germaniya-Ispaniya uçraşuvlarida uç marta muhokama qilingan.
Ispaniya yangi loyihada iştirok etişga qay darajada tayyorligi hozirça aniq emas. Matbuot anjumanida Sançes «Şols bilan suhbatda bu masalani tilga olmaganini, lekin uni istalgan vaqtda muhokama qilişga tayyorligini» ta’kidladi. Mudofaa vazirlarining parallel yiğilişida gap Germaniya-Fransiya-Ispaniya FCAS loyihasi haqida bordi: oltinçi avlod qiruvçi samolyotini birgalikda işlab çiqiş. U 2027 yilgaça möljallangan va 8,5 milliard yevro miqdoridagi kapital qöyilmalarni nazarda tutadi. Loyihani amalga oşiriş unda iştirok etuvçi kompaniyalar - Fransiyaning Dassault va Yevropaning Airbus kompaniyalari örtasidagi kelişmovçiliklar tufayli töxtatildi. Vaziyatni joriy yil oxirigaça hal etiş rejalaştirilgan.











