5 oktabr kuni Balx viloyatining Hayraton portida Afğoniston muvaqqat hukumatining şimoliy çegarasi qömondonligi mas’ullari Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlari delegatsiyasi bilan uçraşuv ötkazdi.

Afğoniston mudofaa vazirligining ma’lum qilişiça, uçraşuvda tomonlar xavfsizlik holati va çegara masalalarini muhokama qilgan.

«Uşbu uçraşuvda tomonlar ikki davlat çegarasi orqali xavfsizlikni yaxşilaş, muammolarni hal qiliş, çegara kuçlari örtasida zarur muvofiqlaştiriş va aloqani ta’minlaş hamda boşqa masalalarni muhokama qildi.

Ayni paytda tomonlar öz muammolarini muloqot yöli bilan hal qilişga va kelajakda ehtimoliy çegara buzilişlarining oldini olişga kelişib oldi», - deyiladi bayonotda.

Ma’lum qilinişiça, afğon tomoni delegatsiyasiga 6-çegara brigadasi qömondoni Mansur Mavlaviy, Özbekiston delegatsiyasiga esa polkovnik Xoliq Nazar boşçilik qilgan.